1) Oldiga chempionlik vazifasi qo’yilgan "Navbahor"ni mavsumga No’mon Hasanov tayyorladi. Biroq, unga 1-turdagi mag’lubiyatdan keyin chiqish eshiklari ko’rsatildi. Hasanovning o’rnini egallagan Viktor Jalilov hamkasbi yig’gan tarkib bilan ishlashda qiynaldi. Natijada "lochinlar" 7 turdan keyin atigi 6 ochko to’play oldi. Bu omadsizliklar mavsumning keyingi qismiga ham tasir qildi…
2) Superligada "ertak yozishi" kutilgan "Turon"da 2021 yilda 4 nafar bosh murabbiy ishladi: Ismoilov, Baniak, SHkvirin va Hakimov. Natija o’rtada: 26 o’yinda 17 ochko — so’nggi o’rin.
3) "Andijon"ni mavsumga Otabek G’ulomxo’jaev tayyorladi. Uning ishini Yorqin Nazarov davom ettirdi, Kumikov tugatib qo’ydi. Natija: "Pro liga yo’llanmasi".
4) "Metallurg"ni mavsumga tayyorlagan Andrey SHipilov 2-turdan keyin "quvildi". Bunga jamoaning birinchi mag’lubiyati sabab bo’lgandi. Natija: mavsum oxiriga qadar yana 15 ta mag’lubiyat qabul qilib olindi.
5) Mavsum davomida "ustoz almashtirgan" "Surxon" ham Superligada arang "ilinib qoldi".
FAKT: Mavsumni turnir jadvalining yuqori beshligida yakunlagan jamoalarning barchasi yil davomida faqat bitta mutaxassisga ishonch bildirgan klublardir.
Qo’shimcha: Pro ligada ham xuddi shu holat sodir bo’ldi. Nisbatan kuchli tarkibga ega bo’lgan "Buxoro" 12 oyda 6 bor murabbiy almashtirdi. Biroq, elita yo’llanmasini "Dinamo" va "Olimpik" jamoalariga yutqazib qo’ydi.