Futbol

Superliga klublari uchun 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayoning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda.

375



Superliga klublari uchun 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayoning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda.

Xayr Toshkent, salom Turkiya (1-qism)

Teglar : 
So’g’diyona Nasaf Superliga Bunyodkor PaxtakorAGMKAntalya
Superliga klublari uchun 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayoning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda.

"Paxtakor", "Bunyodkor", "Navbahor", "Dinamo", "Nasaf", "So’g’diyona", "Qizilqum", AGMK,  "Metallurg" jamoalari endilikda o’quv-yig’in mashg’ulotini Turkiyada davom ettirishadi. "Olimpik" va "Neftchi" ayni payt Antalyada. Xo’sh, xorij safariga kim qanday holatda yo’l olmoqda, dastlabki yig’inlar qanday o’tdi? Quyida shu haqida

"Paxtakor" – 8 yanvar sanasidan boshlab mashg’ulotlarni boshlagan "sherlar" ertaga Toshkentdagi yig’inni yakunlaydi. Mana shu vaqt ichida yangi murabbiy Slavche Voyneski boshchiligida "Paxtakor" "Yangier" (2:0) va "Do’stlik" (6:0) jamoalariga qarshi nazorat bahslarida maydonga tushdi. 

Tarkibdagi o’zgarishlarga to’xtalsak: klub shu kungacha Mirjahon Mirahmadov, Ikrom Aliboev, Sardor Rashidov bilan rasman shartnoma imzolaganini elon qildi. SHuningdek, saytimiz orqali xabar berganimizdek Angliyaning "Blekpul" klubidan Oliver SHarkich Turkiyada jamoaga qo’shilishi kutilmoqda. Jamoani esa Anzur Ismoilov, SHarof Muhiddinov, Boyan Matich, Marlen CHobanov, Doston Hamdamov tark etdi. "Bunyodkor"dan jalb etilgan himoyachi Avazbek O’lmasaliev bilan shartnoma imzolanganiga qaramay, malum sabablarga ko’ra bekor qilindi. 

Superliga klublari uchun 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayoning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda.

"So’g’diyona" – Jizzaxliklarning 4 yanvar kuni Toshkentda boshlangan yig’ini 10 fevral kuni o’z nihoyasiga etadi. Taraddudning keyingi qismi Antalya yashil maydonlarida bo’lib o’tadi. Ulug’bek Baqoev shogirdlari 24 fevralga qadar o’sha erda mashg’ulotlarni davom ettirgan holda kuchli raqiblarga qarshi o’rtoqlik bahslarida qatnashadi. 

O’rtoqlik uchrashuvidagi natijalar: "Lokomotiv" 3:2, "Ontustik akademiyasi" 4:0, "Buxoro" 0:0, O’zbekiston yoshlar terma jamoasi 1:2

Kelganlar: Yuriy Obshivach, Marat Bikmaev, Doniyor Abdumannopov, Behruz SHodmonov, Bobur Farhodov, Dian Talxatov, Abdujalil Manazarov, Artyom Filiposyan

Ketganlar: Ergash Ismoilov, Jamshid Boltaboev, Jasur Hakimov, Darko Stanoevich

Superliga klublari uchun 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayoning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda.

AGMK – Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi omaliqliklar boshqa jamoalarga nisbatan xorij yig’iniga ertaroq otlandi. 20-30  dekabr oralig’ida Toshkentda boshlangan yig’in, 5-19 yanvar kunlarida ham davom etdi. 20 yanvar sanasidan boshlab mashg’ulotlar BAAning Dubay shahriga ko’chdi. U erda bitta o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazildi. Aziz G’aniev to’p tepayotgan "SHabab Al Ahli" jamoasi raqiblik qilgan bahsda AGMK 0:2 hisobida mag’lub bo’ldi. Jamoa azolari kecha yurtimizga qaytib kelishdi. Endilikda 5 fevral kuni Turkiyaning Antalya shahriga yo’l olishadi. 

Ketganlar: Abbos Otaxonov, Dilshod Jo’raev, Xusniddin G’ofurov, Yovan Jokich, Suhrob Sultonov, Elvin Fortes, Sanjar SHoahmedov, Jasur Umarov

Kelganlar: Abdulla Abdullaev, Xurshid G’iyosov, Anzur Ismoilov, Dmitriy Mishenko, Alisher Jalilov

Superliga klublari uchun 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayoning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda.

"Nasaf" – Yanvar oyida o’z qarorgohida shug’ullangan "ajdarlar" ham boshqa jamoalardan qolishmagan holda xorijda yig’in o’tkazadi. "Nasaf" delegaciyasi bugun tunda Antalyaga uchib ketishdi. O’rtoqlik uchrashuvida qayd etilgan natijalar: "Dinamo" 1:0, "Buxoro" 2:2. 

Ro’ziqul Berdiev qishki transfer oynasida aql bilan ish tutgan holda kerakli o’yinchilarni tarkibga jalb qilyapti. Yarim himoya chizig’i SHarof Muhiddinov va Ivan Solovyov hisobiga to’ldirildi. Ular "Dinamo" va "Olimpik" jamoasiga ijaraga berilgan SHohmalik Komilov, Abubakr-Rizo Turdalievni o’rnini to’ldirishdi. 2021 yilning o’rtasida klub 10 nafar asosiy o’yinchisi bilan shartnomani uzaytirgan edi. Yangi mavsum oldidan Bahrom Abdurahimov, Marko Stanoevich 2022 yilda qarshiliklar sharafini himoya qilishi aniq bo’ldi.

Superliga klublari uchun 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayoning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda.

"Bunyodkor" – Ushbu jamoa 2021 yilda Farg’onada tashkillashtirilgan "Hokim kubogi" bilan cheklangan edi. Bu yil esa xorijda yig’in o’tkazishga qaror qilindi. "Bunyodkor" jamoasi 5 fevraldan Toshkentdagi yig’inni Antalyaga ko’chiradi. Bundan ko’zlangan maqsad kuchliroq raqiblar bilan o’rtoqlik bahslarida futbolchilarni sinovdan o’tkazib olish va o’yinni shakllantirishdir. Ko’pchilikni o’ylantirayotgan jihat bu – tarkib. Qishki transferlar pallasida katta yo’qotishlarga duch kelgan "qaldirg’ochlar" Mirjahon Mirahmadov, Nurillo To’xtasinov, Lutfulla To’raev, Abdulla Abdullaev, Xurshid G’iyosov kabi ketganlarning o’rnini yosh iqtidorli ijrochilar bilan to’ldirishga harakat qilmoqda. Bevosita o’rtoqlik o’yinlarini kuzata turib chindan ham asosiy tarkibda o’ynab keta oladigan futbolchilar borligini guvohi bo’ldik. Bular safiga Umarali Rahmonaliev, Bilol Tupliev, Alfayzi Nematov, Umid Sultonovlarni kiritish mumkin. Tajribali futbolchilardan esa Dilshod Jo’raev, Usmonali Ismonaliev, Suhrob Sultonov taklif qilindi. Avazbek O’lmasaliev "Paxtakor"dan qaytdi. SHuningdek, Turkiyada legionerlar ko’rikdan o’tishi kutilmoqda. 

O’rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar: "Qo’qon-1912" 1:0, "Qizilqum" 0:1, "Neftgazmontaj" 2:0, "Lokomotiv" 0:1,

Davomi bor…

Superliga klublari uchun 2022 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayoning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda.
			Muallif : Iskandarov Abdulaziz

Fikr bildirish