Boks/MMA

Toshkent vaqti bilan 6 fevral tongida UFC Vegas 47 turniri bo’lib o’tadi.

255

Kechaning markaziy jangi UFC o’rta vazn toifasi jangchilari SHon Striklend hamdsa Jek Hermanson o’rtasida bo’lib o’tadi. SHon Striklend so’nggi bahsida Yuraya Holl ustidan g’alaba qozondi. SHuningdek, SHon Hermanson bilan jangga 5 ta ketma-ket g’alabali seriya qayd etib kelyapti. Raqib Jek Hermanson esa oxirgi jangida Edmen SHahbazyandan ustun keldi. Hermansonning toifadagi reytingida 6-o’rinni qayd etib kelyapti. SHon Striklend esa undan keyingi 7-o’rinda. Ushbu turnirdagi g’alaba har ikkisini reytingda yuqorilashiga sabab bo’ladi.  

SHuningdek, asli o’zbekistonlik ammo hozirda Qozog’iston sharafini himoya qilayotgan SHavkat Rahmonov Karlston Harrisga qarshi jang qiladi. Eslatib o’tamiz, SHavkat Rahmonov bunga qadar UFC da 2 ta jang o’tkazib ikkisida ham g’alaba qozondi. Raqib Harris ham UFC da 2 ta jang o’tkazib, har ikkisda ham muvaffaqiyatga erishdi. Demak kutilayotgan turnirda kimdir mag’lubiyat hisobini ochib oladi 

Toshkent vaqti bilan 6 fevral tongida UFC Vegas 47 turniri bo'lib o'tadi.

Turnirning to’liq kardi bilan tanishing:

Asosiy kard

Jek Xermansson (84,14 kg) — SHon Striklend (84,14 kg)

Nik Maksimov (83,91 kg) — Punaxele Soriano (83,91 kg)

Karlston Xarris (76,66 kg) — SHavkat Rahmonov (77,34 kg)

Brendan Allen (92,99 kg) — Sem Elvi (92,99 kg)

Brayan Battl (84,14 kg) — Trishon Gor (84,37 kg)

Julian Erosa (66 kg) — Stiven Peterson (67,59 kg)

Prelim kard

Jon Kastaneda (61,69 kg) — Maylz Jons (61,46 kg)

Xakim Davodu (66,22 kg) — Maykl Trizano (66 kg)

Mark-Andre Barrio (83,69 kg) — CHidi Ndjokuani (83,91 kg)

Aleksis Devis (61,23 kg) — Yuliya Stolyarenko (61,46 kg)

Ailton Almeyda (92,08 kg) — Danilo Markes (93,21 kg)

Filip Rou (77,34 kg) — Jeyson Uitt (77,56 kg)

Denis Bondar (56,7 kg) — Malkolm Gordon (57,15 kg).

Fikr bildirish