Afrika Kubogi muxlislarni hayratda qoldirishda davom etmoqda.
Senegal hamda Misr terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan final uchrashuvi doirasida tushunarsiz holat yuzaga keldi.
Misr terma jamoasi a’zosi Muhammad Saloh bosh hakamning qarorlaridan norozi bo‘lib, unga juda ko‘p marta e’tiroz bildirdi. Shundan so‘ng, bosh hakam Salohga sariq kartochka va hushtagini taqdim qilib, o‘yinni Salohning o‘zi boshqarishini taklif qildi.