Futbol

«Barselona»ning ikki futbolchisi shartnoma uzaytirishdan bosh tortdi

173

«Barselona» yarimhimoyachisi Gavi va himoyachi Ronald Arauxo Kataloniya klubining yangi shartnoma imzolash bo‘yicha dastlabki takliflarini rad etishdi.

Qayd etilishicha, ikkala o‘yinchi ham «Barselona»dan moliyaviy tomonlama yaxshilangan taklifni kutmoqda. 

17 yoshli Gavi joriy mavsumda La Liga va Chempionlar Ligasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarimhimoyachining «Barselona» bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga yetadi. Transfermarkt yarimhimoyachining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Arauxo 2020 yildan beri kataloniyaliklar safida o‘ynamoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining bozor narxi 35 million yevroni tashkil qiladi.

Fikr bildirish