Futbol

Mane finaldan keyin Salohga nima degandi?

341

Afrika kubogi finalida Senegal Misr terma jamoasini mag‘lub etganidan so‘ng, Sadio Mane “Liverpul”dagi jamoadoshi Muhammad Salohga og‘zini qo‘llari bilan berkitib nimadir dedi.

«Men hozirgina aytdimki, u allaqachon chempion ekanligini biladi. Bu mag‘lubiyat Muhammadni ko‘p bezovta qilmasligi kerakligini biladi, chunki bu futbolning bir qismi. Saloh  juda kuchli va bundan ham kuchliroq qaytib keladi», – dedi Mane Goal.com portaliga.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin boshida Sadio Mane penaltini golga aylantira olmadi. Misr darvozaboni seyvdan oldin Muhammad Salohdan Mane penaltini qanday tepish borasida ko‘rsatma olgandi.

Fikr bildirish