Erling Xoland va Kilian Mbappe – bugungi kunda sayyoramizdagi eng mashhur ikki futbolchi bo‘lishga nomzod.
Mish-mishlarga ko‘ra, ikkala o‘yinchi ham shu yozda mos ravishda “Borussiya Dortmund” va “PSJ”ni tark etishga harakat qilmoqda, shuning uchun biz ushbu ajoyib superyulduzlardan qaysi jihatlar bo‘yicha ustunligini solishtirib ko‘ramiz.
Bozor qiymati va sotib olish narxi
Xoland 2022 yiling yozida 75 million yevroga sotilishi mumkin. Kilian Mbappening “PSJ” bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida tugaydi, shuning uchun Mbappening umumiy kelishuv narxi hisobga olinishi kerak. Agar u Parij klubini tekinga tark etsa, muqarrar ravishda katta maosh talab qiladi. Shunday bo‘lsa ham, Mbappe kabi o‘yinchi bilan shartnoma imzolash sport tarixidagi eng yaxshi potensial transfer bitimlaridan biri bo‘ladi.
Xoland iyulda 22 yoshga to‘ladi, Mbappe esa dekabrda 24 yoshga. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe 160 million yevro bilan sayyoradagi eng qimmat futbolchi, Xoland esa 150 million yevro bilan ikkinchi o‘rinda.
G‘olib: Mbappe
Klub darajasida gol urish koyeffisiyenti
Xoland klub uchun 172 o‘yinda 129 ta gol urgan, har o‘yinda 0,75 gol. Mbappening “Monako”da va hozirda “PSJ”da 261 ta klub o‘yinida 179 ta gol, har o‘yinda 0,69 gol. Norvegiyalik futbolchi Mbappedan 17 oy kichik.
G‘olib: Xoland
Xalqaro uchrashuvdagi natijalar
Xolandning Norvegiya termasi uchun 15 o‘yinda 12 ta gol urgani odatda g‘alati to‘purarlik nisbati bo‘lib, har bir o‘yinda 0,80 golni tashkil etadi, bu uning klub darajasidagi mahoratini aks ettiradi.
Mbappe Fransiya terma jamoasida 53 ta o‘yinda 24 ta gol urgan, biroq u ularni asosan hujumda va elitadagi raqiblar darvozasiga kiritgan. Mbappe terma jamoas bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
G‘olib: Mbappe
Jismoniy kuch
Xolandning bo‘yi 1,94 sm. Uning bahaybat gavdasi raqib himoyachilari bilan to‘qnash kelganda juda qo‘l keladi. Mbappening asosiy jismoniy ustunligi uning aql bovar qilmaydigan tezligi bo‘lib, hujum qilishdan oldin himoyachilarni qo‘rqitadi. Uning bo‘yi 1,78 sm va u iikinchi qavatda unchalik ham yaxshi o‘ynay olmaydi.
G‘olib: Xoland
Chempionlar ligasi rekordi
Xolandga Chempionlar ligasida 20 ta gol urish uchun bor-yo‘g‘i 14 ta o‘yin kifoya qildi va musobaqaning avvalgi rekordini 10 ta o‘yinga yaxshilab qo‘ydi. o‘yinlik tarixida bu ko‘rsatkichga eng tez erishgan futbolchiga aylandi. Mbappe 22 yoshida Chempionlar ligasida Samuyel Eto‘O, Kaka va UYEyn Runidan ko‘ra ko‘proq gol urgan.
Mbappe 2019-20 yilgi mavsum finalida mag’lub bo‘lganidan so‘ng, u o‘z ustida ishlashdan to‘xtamadi. Uning finalga chiqqani, garchi mag’lubiyat bilan yakunlangan bo‘lsa ham kelajakdagi qiyinchiliklarda unga yaxshi yordam beradi.
G‘olib: Mbappe
Mavsum kashfiyotlari
2020 yilning 18 yanvarida Erling Xoland “Borussiya Dortmund” safida debyut qildi va u buni ajoyib uslubda amalga oshirdi 20 daqiqada xet-trik qayd etib, “Augsburg”ni 3:5 hisobida mag’lub etishda yordam berdi.
U yaqinda turnir tarixida Bundesligada 50 ta gol urgan eng tez futbolchiga aylandi (50 ta o‘yin), bu har qanday divizionda ajoyib rekord. Dortmundliklar safida u 77 ta o‘yinda 78 ta gol urgan.
Mbappe Chempionlar ligasining 2016-17 yilgi 1/8 raundida “Manchester Siti”ga qarshi ikkala o‘yinda ham gol urgandi va jamoaning keying bosqichga o‘tishini taminlagandi. Biroq, hozir u yoshligidan ko‘ra ancha yetuk ijrochiga o‘xshaydi.
G‘olib: Xoland
2021 yildagi jismoniy holat
Xoland 2021 yilda gol urishda davom etdi, biroq u ko‘p vaqtini operasiya stolida o‘tkazdi. Bu voqealar esa Mbappening kalendar yilida eng yaxshi yil bo‘lganini anglatadi. U to‘laqonli hujum quroliga aylandi.
2021 yilda u (“PSJ” va Fransiya tarkibida):
67 ta o‘yin
51 gol
22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning 51 goli Mbappeni kamdan-kam futbolchilardan biriga aylantiradi. U 2021 yilda faqat Robert Levandovskidan (69) kamroq gol kiritdi.
G‘olib: Mbappe
Mbappe – Xoland 4:3
Hozircha bu haqda gapirishga erta, ammo bu ikki yigit kelasi o‘n yillikning eng diqqat markazida bo‘lishi va bir vaqtning o‘zida “Oltin to‘p” yetakchilari qatoriga kirishi kutilyapti.