Madridning “Atletiko” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Feliks The Athletic nashriga o‘zi kumiri bo‘lgan futbolchilar haqida gapirdi.
“Men Kaka, Krishtianu Ronaldu, Messini maydonda ko‘rsatayotgan harakatlari uchun hurmat qilaman. Lekin, mening kumirim Neymar. Uning driblingi, to‘p bilan muomala qilish uslubi, futbol o‘ynashdan zavqlanishi.
U har doim menn zavqlantiradigan futbolchi bo‘lgan”, – deydi 22 yoshli portugaliyalik.
Feliks joriy mavsumda La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.