Futbol

Fati Madridga keldi

164

“Barselona” hujumchisi Ansu Fati fizioterapevt Xoakin Xuan qo‘l ostida jarohatidan tiklanish uchun Madridga ko‘chib o‘tdi.

“Men yaxshiman. Hammasi yaxshi ketmoqda, men juda xursandman”, deydi futbolchi AS nashriga.

25 yanvar kuni “Barselona” Fati operasiyadan ko‘ra konservativ davolanishni afzal ko‘rganini ma’lum qildi.

Hujumchi chap sonidan jarohat olgan. Agar 19 yoshli ispaniyalik operasiyaga rozi bo‘lsa, u 4-6 oyni o‘tkazib yuborishi mumkin. Konservativ davo bilan tiklanish muddati olti dan sakkiz haftagacha bo‘lishi kerak.

Joriy mavsumda Fati “Barselona” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish