“Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” “Real” futbolchisi Federiko Valverdeni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha harakatni boshladi. Klublar yarim himoyachini kelasi yozda qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishadi.
23 yoshli urugvaylik futbolchi o‘tgan yozda “qaymoqranglilar” bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirgandi. Futbolchining bozor narxi 65 million yevroni tashkil qiladi.
Qiziq tomoni, shartnomada Valverdening tovon puli 1 milliard yevro etib belgilangan.