Kecha oqshom musobaqaning saralash bahslari yakunlanib, asosiy to’rga yo’llanma olgan barcha tennischilar nomi malum bo’ldi. Ular orasida hamyurtimiz Denis Istomin ham bor.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi “Delray Beach ATP 250” turnirining saralash bosqichi yarim finalida reytingda o’zidan 114 pog’ona yuqorida borayotgan avctriyalik Yuriy Rodionovni 6:4, 6:2 hisobida mag’lub etgandi.
Kecha tennischimiz saralashning final uchrashuvida ekvadorlik Emilio Gomesga qarshi bahs olib bordi va 7/6(7), 6/2 hisobida zafar quchdi. Gomes ATP reytingida 149, Istomin esa 267-o’rinni egallab turibdi.
Denis Istominni asosiy to’rning ilk davrasida jiddiy raqib kutib turibdi. Vakilimiz dunyoning 118-raketkasi, amerikalik Sem Kuerriga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan ertaga soat 20:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Tennischilar o’zaro 4 marotaba to’qnash kelishgan. Hozircha hisob – 2:2!