Dunyoning 27-raketkasi bo’lib turgan Karen Xachanov Qatar ExxonMobil Open turnirining yarim finalida ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga 6/2, 3/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Ikki soatu 26 daqiqa davom etgan uchrashuvda Karen 17 ta, ATP reytingida 16-pog’onadan joy olgan Roberto esa 2 ta eys zarbasini ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob Agut foydasiga yanada yiriklashlashdi – 7:2.