Dunyoning 27-raketkasi bo’lib turgan Karen Xachanov Qatar ExxonMobil Open turnirining yarim finaliga yo’l oldi. Rossiyalik tennischi chorak finalda reytingda o’zidan uch pog’ona yuqorida turgan xorvatiyalik Marin CHilichni mag’lubiyatga uchrata oldi – 3/6, 6/3, 6/4.
Ikki soatu 2 daqiqa davom etgan bahsda Karen 10 ta, Marin esa 16 ta eys zarbasini ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi muvozanat esa tiklandi – 2:2. Endi Xachanov final chiptasi uchun ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqadi.