Musobaqada dunyoning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov bosh sovrin sohibiga aylandi. Rossiyalik tennischi Open 13 Provence turnirining finalida reytingda o’zidan ikki pog’onada quyida borayotgan kanadalik Feliks Ojeni mag’lubiyatga uchpatdi – 7/5, 7/6(4).
Uch daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda Andrey 9 ta, Feliks esa 12 ta eys zarbani ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob Rublev hisobiga bo’lib turibdi – 3:1.
Bu Andreyning joriy mavsumdagi birinchi sovrini bo’ldi. Rublyov bir haftalik mehnati uchun 250 reyting ochkosi va 58,470 evroga ega bo’ldi. Oje esa Marseldan 150 ball va 40,930 evro bilan ketdi.