Boks/MMA

Xosesito Lopes Kodi Krovli bilan uchrashadi.

183

Yarim o’rta vazn toifasidagi amerikalik Xosesito Lopes ikki yillik tanaffusdan so’ng qaytmoqda.

Lopesning raqibi «odamlarni mayib qiladigan» laqabli pancher Kodi Krovli(20-0, 9 KO) bo’ladi. U o’tgan yilning dekabr oyida hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorovni mag’lub etgani orqali o’zbek boksi muxlislariga tanilgandi.

Taniqli insayder Mayk Kopinjerning takidlashicha, Lopes-Krovli uchrashuvi bahorda Al Xeymonning RBC shousi doirasida bo’lib o’tadi.

Lopes ikki marta chempionlik uchun jang qilgan. 2012 yilda -69,9 kg vaznda divizion etakchisi meksikalik Saul Alvaresga nokaut bilan engilgan va 2019 yilda WBA Super chempioni Turman bilan jangda ustunlikka erishganiga qaramay, hakamlar qarori bilan mag’lub deb topilgan.

Fikr bildirish