O’FA deyarli 3 oydan keyin Oybek Bozorov va CHeran 2 ta, SHerzod Azamov esa 3 ta o’yinga diskvalifikaciya qilinganini elon qildi
Teglar :
O’zbekiston futbol associaciyasiTartib-intizom qo’mitasi
O’zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo’mitasi 2021-yilgi mavsum so’nggi turida bo’lib o’tgan uchrashuvlarda yuz bergan holatlar bo’yicha qarorlar chiqardi.
Jumladan, 2021-yilning 24-noyabr kuni O’zbekiston kubogi yarim final doirasidagi “Paxtakor” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Dragan CHeran o’yinning 21-daqiqasida to’p uchun kurashda oyog’ining tag qismi bilan raqib o’yinchisining tizza qismiga zarba bergan. Hakam ushbu vaziyatda uni uchrashuvdan chetlashtirgan. SHuningdek, mazkur o’yinda “Paxtakor”ning yana bir futbolchisi SHerzod Azamov 120+2 daqiqada o’yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani, yani to’p uchun kurashda oyog’ining tag qismi bilan raqib futbolchisi oyog’ining kaft qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, “Paxtakor” jamoasi futbolchilari Dragan CHeran 2 ta o’yinga, SHerzod Azamov esa 3 ta o’yinga diskvalifikaciya qilindi va ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qo’llanildi.
O’zbekiston kubogi yarim final doirasidagi yana bir bahs “AGMK” — “Nasaf” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Marko Stanoevich o’yinning 61-daqiqasida qoidani jiddiy ravishda buzgan. Yani u to’p uchun kurashda oyog’ining tag qismi bilan raqib futbolchisining tizza qismiga zarba bergan va o’yindan chetlashtirilgan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, unga nisbatan 2 ta o’yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo’llanildi.
SHuningdek, 2021-yilning 4-dekabr kuni “Paxtakor” — “Nasaf” jamoalari o’rtasidagi O’zbekiston kubogi final uchrashuvining 34-daqiqasida “Nasaf” jamoasining futbolchisi Oybek Bozorov o’yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani, yani to’p uchun kurashda oyog’ining tag qismi bilan raqib o’yinchisining to’piq qismiga kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, “Nasaf” klubi futbolchisi Oybek Bozorov 2 ta o’yinga diskvalifikaciya qilindi.
O’zbekiston Superligasining 25-turidan o’rin olgan “Andijon” — “Navbahor” uchrashuvining 89-daqiqasida “Andijon” jamoasi safida harakat qilgan Usmonali Ismonaliev “Navbahor” jamoasi muxlislari joylashgan sektorga qarab nojo’ya harakatlarni amalga oshirgan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Usmonali Ismonalievga nisbatan jarima intizom chorasi qo’llanildi.
O’zbekiston Superligasining 26-turidan o’rin olgan “Nasaf” — “Lokomotiv” uchrashuvida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Jo’rabek Mannonov o’yinning 65-daqiqasida qoidani jiddiy buzgan, yani oyog’ining tag qismi bilan raqib futbolchisi oyog’ining kaft qismiga zarba bergan va o’yindan chetlashtirilgan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, “Nasaf” jamoasi futbolchisi Jo’rabek Mannonov 2 ta o’yinga diskvalifikaciya qilindi va unga nisbatan jarima intizom chorasi qo’llanildi.
O’zbekiston Superligasining 26-turidan o’rin olgan yana bir uchrashuv — “Surxon” — “Mashal” bahsida mehmonlar vakili Najmiddin Normurodov o’yinning 90+6 daqiqasida raqibga orqa tomondan elkasi bilan zarba bergan. Hakam ushbu vaziyatda uni o’yindan chetlashtirgan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, “Mashal” jamoasi futbolchisi Najmiddin Normurodov 1 ta o’yinga diskvalifikaciya qilindi.
SHuningdek, Superliganing ushbu turidan o’rin olgan “AGMK” — “So’g’diyona” uchrashuvida “AGMK” jamoasi futbolchisi Aleksandr Kasyan o’yin yakunidan so’ng hakamlikdan noroziligini qo’pol tarzda bildirgan va unga qizil kartochka ko’rsatilgan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Aleksandr Kasyan 3 ta o’yinga diskvalifikaciya qilindi va unga nisbatan jarima intizom chorasi qo’llanildi.
Futzal Oliy ligasining 6-turi doirasidagi “Lokomotiv” – “Stroitel-Zarafshon” uchrashuvidan so’ng “Lokomotiv” jamoasining murabbiyi Farhod Mirahmedov Intizom Kodeksining 5.43-bandini buzgan, yani Superliga va Pro liga klublari bosh murabbiylari uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishi haqidagi majburiyatni bajarmagan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, “Lokomotiv” futzal jamoasi bosh murabbiyi Farhod Mirahmedovga nisbatan jarima intizom chorasi qo’llanildi.
Futzal Oliy ligasining 7-turi doirasidagi “Nasaf” – “Metallurg” uchrashuvining 22-daqiqasida o’yin qoidasi buzilganidan so’ng “Metallurg” jamoasining bosh murabbiyi Ravshan Radjabov hakamga nisbatan o’z noroziligini bildirgan. Yordamchi hakam uni tinchlantirishga uringan. Ushbu vaziyatda “Metallurg” futbolchisi Ilhom Radjabov yordamchi hakamga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatni amalga oshirgan va qizil kartochka bilan maydondan chetlashtirilgan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, “Metallurg” klubi futzalchisi Ilhom Radjabov 2 ta o’yinga diskvalifikaciya qilindi.