«Real» va «Barselona» Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland tez-tez jarohat oladi deb o‘ylashmoqda, deya xabar beradi El Chiringuito.
Manbaning xabariga ko‘ra, norvegiyalik futbolchiga ko‘proq qiziqish bildirayotgan klublar futbolchining jarohatlari tez-tez olgani uchun undan shubhalana boshlagan.
«Real Madrid» va «Barselona» Xolandning so‘nggi jarohatlari ortida nima borligini bilmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi joriy mavsumda jarohati sabab 14 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan.