Futbol

O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Osiyo kubogi saralash bosqichiga tashlangan qura, raqiblar va maqsadlar haqida gapirdi.

161



O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Osiyo kubogi saralash bosqichiga tashlangan qura, raqiblar va maqsadlar haqida gapirdi.

Srechko Katanec: “O’zbekiston doimgidek Osiyo kubogiga yo’l olishi kerak, biroq hech qaysi o’yinni boshlanmasdan avval yutib bo’lmaydi”

Teglar : 
O’zbekiston milliy terma jamoasiSrechko Katanec
O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Osiyo kubogi saralash bosqichiga tashlangan qura, raqiblar va maqsadlar haqida gapirdi.

"Quradan avval ham favorit edik, chunki reyting jihatdan qaraydigan bo’lsak, O’zbekiston terma jamoasi boshqa terma jamoalarga qaraganda yuqoriroqda joylashgandi. O’ylashimcha, quradan keyin ham favoritligimizni saqlab qolganmiz. Lekin o’z tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo’lsam, jamoani iloji boricha yaxshiroq tayyorlashimiz, futbolchilarni ruhlantira olishimiz hamda o’yin boshlanmasidan oldin yutqazish kerak emasligini futbolchilarga etkazib bera olishimiz lozim. SHu sababdan, futbolchilar bilan juda qattiq mehnat qilishimiz hamda o’zimizni eng yaxshi darajada tayyorlay olishimiz talab etiladi. Aks holda, bilamizki, futbolda o’ziga xos syurprizlar yuzaga kelishi mumkin. 

Qisqa qilib aytganda, O’zbekiston doimgidek Osiyo kubogiga yo’l olishi kerak, biroq hech qaysi o’yinni boshlanmasdan avval yutib bo’lmaydi. O’zbekiston favorit sifatida ko’rilmoqda, men, murabbiylar shtabi hamda futbolchilar birgalikda oldinda kutib turgan o’yinlarda g’alaba qozonib, Osiyo kubogiga yo’llanma olish uchun zarur bo’lgan barcha ishlarni amalga oshiramiz. Tez orada Toshkentga qaytaman hamda boshqa masalalarni o’sha erda muhokama qilamiz. O’zbek xalqiga, barcha O’zbekiston fuqarolariga sog’lik-salomatlik tilab qolaman, chunki bu eng asosiysi hisoblanadi. Barcha yaxshi tilaklarni bildirib, ko’rishguncha deb qolaman", — deydi Katanec.

Fikr bildirish