Futbol

Coca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

451



Coca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Superliga starti: kim superavtomobil, kim shaloq arava bo’ladi

Teglar : 
Coca-Cola Superligasi
Coca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Qura kimningdir engil nafas olishiga, kimningdir dastro’moli bilan peshonasini artishiga sabab bo’lgan bo’lsa ajablanmayman. To’g’ri, bu jarayon qanday bo’lishidan qatiy nazar, barcha jamoalar bir-biri bilan to’nash kelishi tabiiy hol, biroq uzoq muddatli tatildan so’ng, qolaversa, tarkib jihatdan yangilangan jamoalar uchun chempionatni o’zi uchun qulayroq raqibga qarshi boshlagan maqulroq. Keling, jamoalarning dastlabki uch turdagi imkoniyatlari to’g’risida fikr yuritamiz.

PaxtakorCoca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Mamlakatning amaldagi chempionlari kepkalarini osmonga irg’itayotgan bo’lishi mumkin, ularni dastlabki uch turda Pro Ligadan qadam qo’ygan jamoalar kutib turibdi. Dastlab Samarqandga safar qiladigan “sherlar” 2-turda o’z maydonidagi ilk bahsni Pro Liga chempioni “Neftchi”ga qarshi o’tkazadi. Uchinchi sinov esa Superliga debyutanti “Olimpik”ga qarshi bo’lib o’tadi. Tarkibiga qo’shib, murabbiyini ham yangilagan “Paxtakor”ni qiziqarli bahslar kutib turibdi. Toshkentliklar so’nggi uch mavsumdan buyon ketma-ket uch turda g’alaba qozonmoqda. Ko’ramiz, klub titulni himoya qilish uchun yangi raqiblariga qarshi qanday kayfiyatda boshlarkan.

So’g’diyona

Coca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

“Paxtakor”dan farqli o’laroq, kumush medal sohiblarini Pro Ligadan qadam ranjida qilgan klublarning ikkitasi kutib turibdi — “Neftchi” va “Olimpik”. Biroq jizzaxliklar xotirjamlikka berilmasligi kerak, ular dastlabki uchrashuvini “Bunyodkor”ga qarshi mehmonda o’tkazadi. Omadli o’tgan o’tgan mavsumning dastlabki uch turini jizzaxliklar 7 ochko bilan boshlagandi. “Bo’rilar”ning bu safar ov mavsumi qanday start olishini kuzatamiz.

AGMKCoca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Yangi mavsum oldidan sezilarli kuchayishga erishgan Mirjalol Qosimov shogirdlari bu yil bronza medal bilan kifoyalanishga rozi bo’lishmasa kerak. Olmaliqliklar o’tgan mavsum dastlabki uch o’yinda 4 ochko to’plagandi. Bu mavsum esa ularni startda “Metallurg”, “Lokomotiv” va “Nasaf” klublari kutib turibdi. 

NasafCoca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

“Nasaf” garchi Superliga grandlaridan biri hisoblansa-da, mavsum boshlanishi ularni boshqalardan ko’proq ter to’kishga majbur qiladi. Bir tarafdan, qarshiliklarni OCHL saralashi, boshqa tarafdan yangi mavsum kashfiyoti bo’lishi kutilayotgan “Navbahor”, o’tgan mavsumga nisbatan ko’proq kuch to’plagan AGMK, shuningdek, “Metallurg”ga qarshi to’qnashuvlar kutib turibdi. Qiziq tomoni, “Nasaf” uchun o’tgan mavsum starti ham bu yilgisiga o’xshab murakkab boshlangan. AGMK va “Navbahor” bilan murosa ko’chasini tanlagan “ajdarlar” bo’lajak chempionlarga imkoniyatni boy berib qo’ygandi.

BunyodkorCoca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

O’tgan mavsumni bor-yo’g’i kuchli beshlikda yakunlgan “qaldirg’ochlar” ko’klamda qay tariqa parvoz qilishi o’zlariga bog’liq. Poytaxi klubini ilk turda “So’g’diyona”ga qarshi jiddiy o’yin kutib turibdi. SHuningdek, klub ushbu mavsum “Toshkent jamoasi”ga aylangan “Qizilqum” hamda yana bir hamshahari "Lokomotiv"ga qarshi kurash olib boradi. SHuhrat Maqsudov shogirdlari o’tgan mavsum dastlabki uch turda 6 ochko jamg’arishga muvaffaq bo’lgandi. Bu safarga startdagi raqiblar esa anoyi jamoalardan emas. Ko’ramiz, “ko’klam elchisi”ning parvozi qanchalik yuqori bo’larkan.

Lokomotiv

Coca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

“Temiryo’lchilar”ning chempionlik bekatiga safariga ham salkam besh yil muddat bo’lib qoldi. Biroq ularning natijalari yildan-yilga ortga ketmoqda. Garchand so’nggi mavsumda avvalgisiga qaraganda yuqoriroq pog’onani qayd etganiga qaramay, bu natija ular uchun qoniqarli bo’lmasligi aniq. Yangi mavsumda klubdan kamida “Afrosiyob” bo’lish talab etiladi.

Navbahor

Coca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Samvel Babayan qo’mondonligidagi butkul modernizaciya qilingan “lochinlar”ning hatto chempionlik uchun kurashishi taxmin qilinmoqda. Tarkibni sezilarli ravishda kuchaytirishga erishgan namanganlilkarni dastlabki uch turda “Nasaf”, “Surxon” va “Qo’qon-1912” jamoalari kutib turibdi. Odatda, turnir starti omadsiz yakunlanadigan klub bu yil noxush ananaga chek qo’yishga harakat qilsa, ajabmas.

Qo’qon-1912

Coca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Turnir jadvali, asosan, o’rtaliqda yuradigan vodiy jamoasi bu yil tish-tirnog’i bilan qurollanmasa, ushbu muvozanatni ham qo’ldan chiqarishi mumkin. Qo’qonliklar o’tgan mavsum dastlabki besh o’yinni mag’lubiyatsiz o’tkazgandi. Bu yil esa Pro Ligadan katta umidlar bilan chiqqan “Neftchi”, “Olimpik” hamda biz yuqorida tilga olgan “Navbahor” raqibiga bunday shart-sharoit yaratib bermasa kerak.

QizilqumCoca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Har yili nomdor o’yinchilarni o’z safiga qo’shib olib shov-shuv ko’taradigan navoiyliklar natijaga kelganda “tilini tishlab qoladi”. 2016 yilda 6-o’rinni qo’lga kiritganini inobatga olmaganda, jamoa, asosan ligada jon saqlash uchun kurashib kelgan, buni natijalardan ham bilib olish mumkin. Raqibini ham o’zini ham ranjitishni istamaydigan “Qizilqum” o’tgan dastlabki to’rt o’yinning uchtasida murosa ko’chasini tanlagan. Mavsum startini Olmaliqda o’tkazib turadigan klubga Toshkentning “Lokomotiv”, “Bunyodkor” jamoalari hamda Superligaga yo’llanma olgan “Dinamo” raqiblik qiladi. Uzoq yillardan so’ng jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlagan “konchilar”ning maqsadlari ham yangicha bo’lishi tabiiy, albatta.

MetallurgCoca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Bekobod klubi haqida ham oldindan biror narsa aytib bo’lmaydi. Bir qarasa, jamoa kuchli beshlikdan o’rin oladi, yana bir razm solganda jon saqlab qolish uchun kurashadi. Asosan, reyting o’rtalig’ini kadastr qilib olgan klub dastlabki turda ancha ter to’kishiga to’g’ri keladi. Dastlab AGMK, keyin “Nasaf”ga qarshi ro’baro’ keladigan “Metallurg” o’tgan yili dastlabki turdanoq kayfiyatini buzgan “Surxon”dan revansh olishga harakat qilib ko’radi.

Surxon

Coca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Surxondaryo klubi ham so’nggi ikki yildan beri ligada zo’rg’a jon saqlab qolmoqda. Bu yilgi “yirtqich” raqiblar esa ularni ayab o’tirishmaydi. Mavsum boshlanmasidan bir qator muammolar girdobida yurgan klubni dastlabki uch turda “Olimpik”, “Navbahor” hamda “Metallurg” kutib turibdi. Jamoa kurashga jiddiyroq bel bog’lamasa, kelgusi yilda O’zbekiston ikkinchi darajali musobaqasiga yo’l olishi mumkin.

Neftchi

Coca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Superligaga qadam ranjida qilgan jamoalarga ham etib keldik. O’zbekistonning ikkinchi darajali ligasi g’olibi mashaqqatli bahslar bilan ishtirokini boshlaydi. Dastlab, biroz engil tin olish uchun o’z viloyatdoshi “Qo’qon-1912” bilan kuch sinashadigan farg’onaliklar keyingi ikki bahsni mamlakatning amaldagi chempioni hamda ikkinchi o’rin sohibiga qarshi kurashadi. 

DinamoCoca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Taqdir taqozosini qarangki, Pro Liga klublari uchun qura natijalariga ko’ra musobaqa starti qovoqlarining uyulishiga sabab bo’lgandir ehtimol. “Dinamo” ham O’zbekiston chempionatining dastlabki ikki o’rin sohibiga qarshi og’ir o’yinlardan so’ng qo’shnilari Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi. Ikki yillik sarguzashtlardan so’ng yuqori elitaga qaytgan samarqandliklar yana pastga sho’ng’ishni istamasa kerak har holda.

OlimpikCoca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi start olish arafasida turibdi.

Kutib oling, Superliga debyutanti. Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa garchand yosh futbolchilardan tashkil topgan bo’lsa-da, istalgan jamoaga boshog’riq bo’la oladi. Qolaversa, mavsum avvalida jamoa safiga Superliganing bir necha jamoalaridan futbolchilar kelib qo’shildi. Yuqoridagi ikki sherigidan farqli ravishda “Olimpik” musobaqani nisbtan erkinroq boshlash imkoniyatiga ega. “Surxon”ga qarshi tarixiy uchrashuvini o’tkazadigan poytaxt klubi keyinchalik “Qo’qon-1912”ga qarshi o’yinga safar qiladi. “Paxtakor” bilan esa o’tgan yili O’zbekiston kubogi chorak finalida mardonavor kurashgani yodingizdan chiqmagan bo’lsa kerak. Umuman olganda, jamoadan hamda tarkibdagi futbolchilardan umidlarimiz katta.

O.A

Fikr bildirish