Futbol

O’zbekiston milliy terma jamoasining o’rtoqlik uchrashuvidagi raqiblari borasida savollar yig’ilib qolgan edi.

279



O'zbekiston milliy terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblari borasida savollar yig'ilib qolgan edi.

Ravshan Ermatov: “Sentyabr oyida top-terma jamoa bilan o’ynash rejamizda bor”

Teglar : 
Ravshan ErmatovO’zbekiston milliy terma jamoasiO’FA
O’zbekiston milliy terma jamoasining o’rtoqlik uchrashuvidagi raqiblari borasida savollar yig’ilib qolgan edi.

Deylik, futzal bilan taqqoslaydigan bo’lsak, juda katta farqni ko’rishimiz mumkin. Misol uchun, futzal terma jamoamiz o’tgan davr mobaynida Toshkentda Argentina, Venesuela kabi nomdor termalar bilan o’yinlar o’tkazdi. Ushbu ishni nima uchun futbolda qilish qiyin? 

O’FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov OAV bilan ochiq muloqotda shunday dedi:

"Agar terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqib, yaxshi natijalarga erishsa, o’sha jamoalarning o’zi kelishga ishqiboz bo’ladi. Ularni olib kelish osonroq kechadi. Futzal o’zining natijalari bilan O’zbekistonda yaxshi saviyadagi jamoa borligini ko’rsatdi. Argentina yoki shunga o’xshash raqiblar kelishga tayyor. Faqat rozi bo’linglar, qabul qilinglar, deyapti. Sentyabr oyida top-terma jamoaga qarshi o’yin tashkillashtirish rejamizda bor", — deydi Ravshan Ermatov.

Fikr bildirish