U bu haqida o’zining Twitter sahifasida xabar berdi.
“O’ylashimcha, ATP, WTA va ITF hozirgi siyosiy jarayon, urush holatida o’zining aniq hamda qatiy poziciyasini elon qilishi kerak. Biz ukrainalik tennischilar men nomlarini tilga olgan tashkilotlardan Xalqaro olimpiya qo’mitasi tavsiyalariga amal qilishlarini so’raymiz. Rossiya va belaruslik sportchilarning o’z davlatlari ramzlari, bayroq, madhiyalarsiz, neytral maqomda ishtirok etishi taminlanishi kerak. SHundan kelib chiqib, ertaga Monterreydagi turnirda kortga chiqmasligimni elon qilaman. Lekin Rossiya va belaruslik tennischilarning shaxsan o’zlariga hech qanday adovatim yo’q. Ular bu vaziyatda aybdor emaslar. Ularning aksariyati o’z chiqishlarida urushni to’xtatishni talab qilishyapti”, – deya qarorini izohladi Svitolina.
Malumot uchun, Elina Monterrey turnirining ilk davrasida rossiyalik Anastasiya Potapovaga qarshi kortga chiqishi lozim.