Futbol

«Men seni o‘z jamoamda ko‘rishni istayman» — Xavi

527

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi «Milan» yarim himoyachisi Frank Kessye bilan Kataloniya klubiga o‘tish borasida gaplashdi, deb xabar berdi jurnalist Jerar Moreno tvitterdagi sahifasida.

Manbaga ko‘ra, Xavi 25 yoshli iuarlik futbolchiga qo‘ng‘iroq qilgan. Suhbat davomida murabbiy va yarim himoyachi ehtimoliy transferni muhokama qilishgan.

Qayd etilishicha, Kessye ham «Barselona»ga o‘tishni istamoqda va 42 yoshli ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘ynamoqchi.

Joriy mavsumda Kessye «Milan» safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining Italiya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq, «Barselona» Kessyeni yozda sotib olmoqchiligi va unga yiliga 6,5   million yevro to‘lashga tayyorligi xabar qilingandi.

Fikr bildirish