Futbol

Futbolchilarning maqomi va o’tishi bo’yicha qo’mitasi G’ofurov Anvarjon Xusanboy o’g’li ishi bo’yicha qaror chiqardi.

406



Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi G'ofurov Anvarjon Xusanboy o'g'li ishi bo'yicha qaror chiqardi.

O’FA: 2018 yil Osiyo chempioni bo’lgan Husniddin G’ofurov aslida 1995 yilda tug’ilgan va haqiqiy ismi Anvarjon ekan

Teglar : 
Husniddin G’ofurov Anvarjon G’ofurov
Futbolchilarning maqomi va o’tishi bo’yicha qo’mitasi G’ofurov Anvarjon Xusanboy o’g’li ishi bo’yicha qaror chiqardi.

O’zbekiston futbolchilari uyushmasining O’zbekiston futbol associaciyasi Futbolchilarning maqomi va o’tishi bo’yicha qo’mitasiga yuborgan xatiga muvofiq futbolchi – G’ofurov Anvarjon Xusanboy o’g’lining haqiqiy shaxsiy malumotlari va ism-familiyasi bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirilishi bilan bog’liq masala ko’rib chiqilgan.

Qo’mita yig’ilishida futbolchi G’ofurov Anvarjon Xusanboy o’g’lining vakili sifatida O’zbekiston futbolchilari uyushmasi raisi K.Murzoev futbolchi haqiqatda ham bundan bir necha yillar avval, ayrim o’ziga bog’liq bo’lmagan sabablar tufayli o’zining malumotlarini, aniqrog’i pasportdagi ismi va familiyasini ukasi – G’ofurov Husniddin Xusanboy o’g’li nomiga rasmiylashtirgani va aynan ushbu ism va familiya ostida faoliyatini davom ettirganini takidlab o’tdi.

Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona viloyat Buvayda tuman sudining 2020 yil 3 mart kunidagi hukmiga ko’ra G’ofurov Anvarjon Xusanboy o’g’lini ukasi G’ofurov Husniddin Xusanboy o’g’li bilan bir-birlarining shaxsiy malumotlari va ism-familiyalarini almashtirgan holda rasmiylashtirilgan fuqarolik pasportlari belgilangan tartibda yo’q qilinib, ularning haqiqiy shaxsiy malumotlari va ism-familiyalari bo’yicha fuqarolik pasportlari rasmiylashtirilishi taminlangan.

Qo’mita ushbu vaziyatni o’rganish davomida, futbolchi haqiqatda ham bunga o’zi istamagan holda o’sha vaqt faoliyatini boshlagan murabbiylari va ota-onasi qistovi bilan rozilik bergan degan xulosaga keldi.

Futbolchilarning maqomi va o’tishi bo’yicha qo’mitasi futbolchini o’ziga bog’liq bo’lmagan sabablar tufayli hujjatlarini ukasining shaxsiy malumotlari asosida rasmiylashtirgani, bu vaziyatdan chiqish uchun yordam so’rab murojaat qilayotgani, uning futboldagi iqtidor va qobiliyatini inobatga olgan holda uning o’ziga tegishli shaxsiy malumotlari asosida rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasi va boshqa hujjatlarini O’zbekiston Professional futbol ligasidan ro’yxatdan o’tkazishga ruxsat berishni hamda G’ofurov Anvarjon Xusanboy o’g’liga jarima intizomiy jazo chorasini qo’llash masalasini ko’rib chiqishni O’zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo’mitasiga havola etishni lozim topdi.

Futbolchilarning maqomi va o’tishi bo’yicha qo’mitasi tomonidan G’ofurov Anvarjon Xusanboy o’g’liga uning haqiqiy shaxsiy malumotlari va ism-familiyasi asosida rasmiylashtirilgan fuqarolik pasporti bo’yicha imzolangan mehnat shartnomasi va boshqa hujjatlarini O’zbekiston Professional futbol ligasidan ro’yxatdan o’tkazilishiga ruxsat berish to’g’risida qaror qabul qilingan. SHuningdek, mazkur qaror nusxasi G’ofurov Anvarjon Husanboy o’g’liga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasini qo’llash masalasini ko’rib chiqish uchun O’zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo’mitasiga taqdim etilishi belgilandi", – deb yozadi O’FA matbuot xizmati.  

Malumot uchun, Anvarjon G’ofurov bu yil "Neftchi" safida 1995 yil sifatida ro’yxatdan o’tgan. Ushbu futbolchi 2018 yil Xitoyda o’tgan U-23 Osiyo chempionatida 1997 yilgi futbolchi bo’lib ishtirok etgan va yakunda Osiyo chempioni bo’lgandi. 

Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi G'ofurov Anvarjon Xusanboy o'g'li ishi bo'yicha qaror chiqardi.

Fikr bildirish