«Lill» hujumchisi Jonatan Devid Ispaniya faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
Kanada terma jamoasining 22 yoshli futbolchisiga asosiy da’vogar avvalroq «Arsenal» deb xabar qilingandi. Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, London klubi Ispaniya futbol gigantlari «Barselona» va «Real Madrid» klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Jonatan Devid joriy mavsum «Lill» safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi. Kanada terma jamoasi tarkibida hujumchi 27 uchrashuvda 20 ta gol urgan.