Boks/MMA

Asli kelib chiqishi rossiyalik, ammo Avstraliya fuqarosi bo’lgan Nikita Czyu professional boksdagi ilk jangini o’tkazdi.

182

Birinchi yarimo’rta vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Konstantin Czyuning kenjatoyi bo’lgan Nikita professional ringdagi ilk jangida yana bir avstraliyalik bokschi Aaron Stalni mag’lubiyatga uchratdi. Ushbu jang Brisben shahrida tashkil etilgan boks oqshomi doirasida o’tkazildi.  

Birinchi o’rta vaznda o’tkazilgan jangning ikkinchi raundida Nikita Czyu raqibini nokautga uchratdi. Nikita Czyu havaskorlar o’rtasida 4 karra Avstraliya chempioni hisoblanadi. Uning akasi Tim Czyu ham aynan birinchi o’rta vaznda o’z janglarini muvaffaqiyatli tarzda o’tkazib kelyapti. 

Fikr bildirish