Futbol

«Barselona» bir o‘q bilan ikki quyonni urishi mumkin

180

«Barselona» rahbarlari Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erlin Xolandning agenti Mino Rayola bilan bir necha bor uchrashishgan, deb xabar beradi Diario Sport.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ushbu uchrashuvlar davomida 21 yoshli norvegiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun Kataloniya klubi Rayolaning yana bir mijozi – «Ayaks» himoyachisi Nussair Mazrauini sotib olishi kerakligi ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, «Barselona» bosh murabbiyi Xavi bu kelishuvni qo‘llab-quvvatlamoqda. Murabbiyning fikricha, klub uchun Xolandning transferi 2003 yilda «PSJ»dan Ronaldinyoning transferi kabi kuchli turtki bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, Xavi Myunxenda Xoland bilan uchrashgani avvalroq xabar qilingandi. Hujumchi joriy mavsumda 20 ta o‘yinda 23 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Norvegiyalikning Dortmund klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Fikr bildirish