Futbol

Kuni kecha Superliganing 1-turidan o’rin olgan o’yinlar yakunlandi.

176



Kuni kecha Superliganing 1-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Superliga. 1-tur laureatlari

Teglar : 
1-turTur laureatlariCoca Cola Superliga
Kuni kecha Superliganing 1-turidan o’rin olgan o’yinlar yakunlandi.

Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.

"So’g’diyona" klubi ilk turda "Bunyodkor" mehmoni bo’ldi va 0:0 hisobida durang qayd etdi. Ushbu bahsda durang qayd etilishida jizzaxliklar posboni Milan Mitrovichning hissasi juda katta bo’ldi. "So’g’diyona" posboni Milan Mitrovich championat.asia sayti talqiniga ko’ra 1-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

"Metallurg" bu tur Bekobodda AGMKni 1:0 hisobida mag’lub etdi. To’g’ri raqib o’yinning ko’pgina qismida 10 kishi bo’lib o’ynadi, ammo bekobodliklar ham chempionlikka kurashadigan jamoaga qarshi yaxshi o’ynadi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko’ra, 1-turning eng yaxshi murabbiyi Luisma Ernandes bo’ldi.

Bu turda "Qizilqum" yarim himoyachisi Erkin Baydullaev "Lokomotiv" bilan bahsda ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.  

Gol urishdan tashqari Baydullaev "Lokomotiv" bilan bahsda faol o’ynadi va jamoasi g’alabasiga katta hissa qo’shdi. SHu tariqa, Erkin Baydullaev championat.asia talqiniga ko’ra 1-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kuni kecha Superliganing 1-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

O’zbekiston chempionati turnir jadvali

Fikr bildirish