Ushbu turda stadionlarga jami 43 456 tomoshabin tashrif buyurdi. Umumiy hisoblaganda har bir uchrashuvga 6 208 kishidan to’g’ri kelmoqda. “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvi bu borada eng yaxshi ko’rsatkichni qayd etdi. SHu kuni Namangandagi “Markaziy” stadionga 19 720 nafar muxlis keldi. Keyingi o’rinni Samarqanddagi “Dinamo” o’yingohi egalladi. “Dinamo” – “Paxtakor” – 10 985 tomoshabin. Tashrif borasidagi eng kam ko’rsatkich Olmaliqda kechgan “Qizilqum” – “Lokomotiv” bahsiga to’g’ri keldi, 375 kishi bevosita OKMK arenasidan o’yinni kuzatib bordi.
“Navbahor” – “Nasaf” – 0:0
Namangan. “Markaziy” stadioni, 19720 tomoshabin.
“Dinamo” – “Paxtakor” 0:2
Samarqand. “Dinamo” stadioni , 10985 tomoshabin.
“Neftchi” – “Qo’qon-1912” 1:0
Yaypan. “O’zbekiston” stadioni , 5250 tomoshabin.
“Metallurg” – AGMK 1:0
Bekobod. “Metallurg” stadioni, 5200 tomoshabin.
“Bunyodkor” – “So’g’diyona” 0:0
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni, 1001 tomoshabin.
“Olimpik” – “Surxon” 0:0
Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni , 952 tomoshabin.