Futbol

Kevin de Bryuyne ECHLdan ko’ra APLni ustun ko’rdi

315

“Tanlov imkoniyati bo’lsa, APLni ustunroq ko’rgan bo’lardim. CHunki ligadagi g’alaba jamoaning barqarorligidan va mavsum davomidagi mehnatlaridan dalolat.

ECHLda esa o’yinlar kam va alohida vaziyatlarda ustunlik qilsa bo’lgani. Boshqa bir jihatdan olib qaralsa, ECHL lotereyadek gap.

Faoliyatimdagi sovrinlar ham anchagina. Ammo shunday afsonaviy futbolchilar borki, ular ECHL sovrinini qo’lga kiritishmagan. Faoliyatini yakunlaganidan keyin esa bundan qattiq afsuslanishgandi.

Ammo hayot doim ham siz o’ylaganchalik muvaffaqiyatli kechmaydi. Bazida pasayishlardan ham dars olish kerak”, – dedi yarim himoyachi.

Fikr bildirish