Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 64-raketkasi bo’lib turgan xitoylik CHjan SHuay WTA reytingida 140-pog’onadan joy olgan ukrainalik Dayana Yastremskayaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda 33 yoshli CHin yurti vakilasi 3/6, 6/3, 6/4 hisobida zafar quchdi.
CHjan uchrashuv davomida 2 ta, Dayana esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida SHuay hisobda oldinga chiqib oldi – 2:1. Open 6e Sens Métropole de Lyon turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok CHjanga 280 reyting ochkosi hamda 34,677 evro mukofot puli keltirdi. Yastremskaya bir haftalik mehnatidan 180 ball va 17,258 evro ishlab oldi.