Futbol

Ronaldu «Manchester Yunayted» futbolchilarini hayron qoldirdi

294

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning 28-turi doirasida «Manchester Siti» bilan derbi arafasida Portugaliyaga uchib ketib, murabbiylari va jamoadoshlarini hayratda qoldirdi. Bu haqda The Athleticxabar bermoqda.

Uchrashuv kecha bo‘lib o‘tgan va «shaharliklar»ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlangandi – 4:1. 37 yoshli portugaliyalik jarohati sabab o‘yinda ishtirok eta olmasligi aniq bo‘lgach, vataniga yo‘l oldi. Eslatib o‘tamiz, Ronaldu son qismida muammoga duch kelgan.

«Man Siti»ga qarshi o‘yinning ahamiyatini inobatga olgan holda, Ronalduning uyga uchib ketish qarori «qizil iblislar» kiyinish xonasida norozilik uyg‘otgan. Jarohatlangan o‘yinchilar o‘yinlarga borishlari shart emas, ammo «Manchester Yunayted» futbolchilari Krishtianuning jamoaga ta’sirini hisobga olib, uning stadionda bo‘lishi foydali bo‘lishi mumkinligiga ishonishadi.

Fikr bildirish