Futbol

«Rangnik barchasini rasvo qildi. Krishtianu soppa-sog‘» — Ronalduning opasi

298

«Manchester Yunayted» ustozi Ralf Rangnikning Krishtianu Ronaldu jarohati tufayli «Manchester Siti»ga qarshi derbini o‘tkazib yuborgani haqidagi so‘zlari hech kimni ishontira olmadi. «Qizil iblislar» o‘yinda mag‘lubiyatga uchragach, turli mish-mishlar paydo bo‘ldi, jumladan, Krishtianuga yaqin bo‘lgan cr7.o_lendario instagram akkauntida Ronaldu asosiy tarkibga kiritilmaganiga norozilik sifatida Portugaliyaga uchib ketgani aytilgandi. Bu postni Ronalduning singlisi Katya Aveyro qo‘llab-quvvatlagan va unga izoh qoldirgan.

– Krishtianu Ronaldu soppa-sog‘ — yuz foiz. Menga o‘xshab Rangnikdan g‘azablangan barchaga xayrli tong, chunki u ba’zi mudofaa taktik rejalaridan kelib chiqib, CR7’ni zaxira o‘rindig‘ida qoldirishga qaror qilib, barchaning dam olish kunini barbod qildi, deb yozdi Katya.

 

Fikr bildirish