Futbol

«MYU» rahbariyati Ronalduni hayron qoldirdi

232

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ole-Gunnar Sulsher istefoga chiqarilganidan keyin «Manchester Yunayted»ga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida Ralf Rangnik tayinlanganidan hayron bo‘ldi, deb xabar beradi Daili Mail.

Eslatib o‘tamiz, norvegiyalik mutaxassis o‘tgan yilning noyabr oyida ishdan bo‘shatilgan edi. Oy oxirida «qizil iblislar» Moskvaning «Lokomotiv» klubining sport va rivojlanish bo‘yicha rahbari lavozimida ishlab kelgan Ralf Rangnik tayinladi. Biroq mankunianliklar o‘z bayonotida germaniyalik mutaxassis jamoa bilan faqat joriy mavsum oxirigacha ishlashi, shundan so‘ng klub maslahatchisi lavozimiga o‘tishi aytilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Erik ten Xag va Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted»ning bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar sifatida ko‘rsatilgan.

Fikr bildirish