«Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola YECHL turniridagi bo‘lajak raqibi haqida gapirdi.
Bir necha kun oldin «Manchester Siti» Lissabonning «Sporting» klubiga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida durang o‘ynadi – 0:0. Birinchi uchrashuvdagi ishonchli g‘alaba (5:0) evaziga «shaharliklar» turnirning chorak finaliga yo‘l olishdi.
«Agar siz mendan bo‘lajak raqib sifatida kim bilan o‘ynashni hohlaysiz, deb so‘rasangiz, Premyer-liga vakillaridan boshqa har qanday klub bilan o‘ynashga tayyormiz», – deya «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda Goal.