«Tottenxem» bosh murabbiyi Antonio Konte APLda «Manchester Yunayted»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘yiniga alohida to‘xtalib o‘tdi.
«Tottenxem» ko‘p jihatlardan yaxshilanishda davom etishi kerak. O‘ylaymanki, o‘yinimiz yaxshi tomonga o‘zgargani ko‘rinib turibdi, chunki jamoam bugun juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va golli vaziyatlar yaratdi.
Ronaldu – har doim qat’iyatli va butun faoliyati davomida shunday bo‘lgan futbolchi. Bugun kechqurun u o‘zining kimligini ko‘rsatdi. Krishtianu Ronaldusiz Manchesterga nafaqat g‘alaba qozonishi, balki bu o‘yinda durang o‘ynash ham qiyin bo‘lardi», – deya fikr bildiradi Konte.
«Manchester Yunayted» 29 turdan keyin 50 ochko bilan APLda 4-o‘rinda bormoqda. «Tottenxem» 27 o‘yindan keyin 45 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.