«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ralf Rangnik RPLning 29-turida «Tottenxem» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) haqida fikr bildirdi va xet-trik qayd etgan hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘yinini alohida qayd etdi.
«Ronaldu bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Himoyalanish kerak bo‘lgan paytda, u himoyaga ham yordam berdi. Bu Krishitanu uchun ham, jamoa uchun ham yaxshi o‘yin bo‘ldi.
Ronaldu xet-trik qayd etishini kutmagandim, lekin gol urishini bilardim. Shu bois uni maydonga tushirishga qaror qildim. U mashg‘ulotlarda juda yaxshi ishladi, shuning uchun men uni birinchi daqiqalardanoq maydonga tushirishag va zaxirada qoldirmaslikka qaror qildim.
Bugun 4-o‘rin uchun kurashda qolishimiz uchun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Bu g‘alaba seshanba kungi «Atletiko»ga qarshi o‘yin oldidan bizga katta kuch beradi.
Ronaldu bugun «Manchester Yunayted» darajasi kabi o‘yin ko‘rsatdi», – dedi Rangnik.