Musobaqaning amaldagi g’olibasi Paula Badosa chempionlik himoyasiga kirishdi. Ispaniyalik tennis malikasi WTA reytingida 42-pog’onadan joy olib turgan chexiyalik Tereza Martincovani 6/2, 7/6(4) hisobida mag’lubiyatga uchratdi.
Dunyoning ettinchi raketkasi 97 daqiqa davom etgan bahsda 5 ta eys, 6 ta qo’shxato, 3 ta breyk-poytni amalga oshirdi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi 24 yoshli Badosa vatandoshi Sara Sorribes-Tormoga qarshi kortga chiqadi. Sara o’z o’rnida sloveniyalik Kayya Yuvandan ustun keldi – 3/6, 7/5, 6/3.