«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Patris Evra 37 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning APLning 29-turidagi «Tottenxem»ga (3:2) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgandan so‘ng, portugaliyalikni tanqid qilganlarni masxara qildi.
«Uka, iltimos, «Manchester Yunayted» uchun muammo bo‘lib qolavering», – deb yozdi Evra tvitterda.
Eslatib o‘tamiz, OAV va mutaxassislar anchadan beri mankunianliklarning bir qancha omadsiz o‘yinlarida Ronalduni ayblab kelayotgan edi.