Tennis

BNP Paribas Open. Dunyoning uchinchi raketkasini mag’lub etishdi

262

Dunyoning uchinchi raketkasi Aleksandr Zverev musobaqaning ikkinchi davrasida ATP reytingida 39-pog’onadan joy olib turgan amerikalik Tommi Polga 2/6, 6/4, 6/7(2) hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi. 

Ikki soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda germaniyalik 24 yoshli Zverev 6 ta, Tommi esa 1 ta eys zarbasini ijro etgan. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko’rinishiga keldi. Endi Pol BNP Paribas Open turnirining uchinchi bosqichida avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqadi. Aleks vatandoshi Jon Millmandan ustun kelgan – 7/6(4), 6/3.

Fikr bildirish