Tennis

BNP Paribas Open. Dunyoning birinchi raketkasi yutqazib qo’ydi

181

Kutilmaganda dunyoning birinchi raketkasi Daniil Medvedev uchinchi davra uchrashuvida mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. Rossiyalik tennischi ATP reytingida 28-pog’onadan joy olib turgan franciyalik Gael Monfisga 6/4, 3/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bir yuz yigirma etti daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 5 ta, Monfis esa 3 ta eys zarbasini ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvida Gael hisobda oldinga chiqib oldi – 2:1.

Monfis faoliyatida yigirmanchi urinishda ikkinchi bor reyting peshqadamini mag’lub etishni uddaladi. Francuz 2009 yil Dohadagi turnirda Rafael Nadalni taslim etgandi. 35 yoshli Gaelning BNP Paribas Open to’rtinchi bosqichidagi raqibi ispaniyalik Karlos Alkaraz bo’ladi.

Fikr bildirish