Bosh sahifaBoks/MMAXabar berib o’tganimizdek, boks bo’yicha O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi ham, yoshlar terma jamoasi ham Ammanda o’tkazilgan Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egalladi.
Xabar berib o’tganimizdek, boks bo’yicha O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi ham, yoshlar terma jamoasi ham Ammanda o’tkazilgan Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egalladi.
Musobaqada qatnashgan 49 nafar bokschimizning 46 nafari medal qo’lga kiritganini alohida takidlash lozim.
CHempionatda ishtirok etgan bokschilarimiz bugun yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vazirining birinchi o’rinbosari SHahrillo Mahmudov, O’zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi.