Boks/MMA

2020 yildagi taxminlarimizni ko’ring.

415

Bilamizki, UFCda ko’pgina rus jangchilari ishtirok etadi, ammo hozir ular hisobida umuman chempionlik yo’q. O’z vaqtida Xabib Nurmagomedov va Pyotr Yan UFC chempionlik kamarini qo’lga kiritgandi, lekin dog’istonlik sportchi o’z faoliyatini yakunlab bo’lgan, sibirlik jangchi esa diskvalifikaciya tufayli o’z kamaridan ayrilgan.

2020 yilda biz rossiyaliklar orasida kim chempion bo’lishi mumkinligini taxmin qilgandik. Oradan deyarli ikki yil o’tdi: kimdir titulga yaqin keldi, kimdir esa umidlarni oqlay olmadi. Biz yaqin kelajakda chempionlikka erishishi mumkin bo’lgan rus jangchilari haqida fikr yuritmoqchimiz. 2023 yilda to’rt nafar rus jangchisi UFC chempionligini qo’lga kiritishi kutimoqda — bu ular uchun shunchaki orzu emas.

Pyotr Yan o’z kamarini qaytarib oladi: u diviziondagi eng zo’ri, ammo diskvalifikaciya sabab titulidan ayrilgan. Aprel oyida u Sterling bilan revansh jangini o’tkazadi

O’ta engil vazn toifasi: Pyotr Yan

2021 yil davomida rossiyaliklar yana bir bor chemponlikni nishonlashi mumkin edi: Pyotr Yan engil vaznda ustunlikka ega edi va allaqachon kamarni qo’lga kiritgan edi. Sibirlik jangchi 2020 yil yozida afsonaviy Joze Aldoni mag’lub etib, chempionlik kamariga ega chiqqan edi. 2021 yil mart oyida u ilk bor kamarni himoya qilish uchun jang qildi. Yan Sterlingni ochkolar hisobiga ko’ra mag’lub etayotgandi, ammo to’rtinchi raundda u raqibining bosh qismiga taqiqlangan tizza zarbasini yo’llaydi va diskvalifikaciyaga duchor bo’ladi. SHundan so’ng Pyotr vaqtinchalik kamar uchun jangda Kori Sendxagenni mag’lub etadi. 9 aprel sanasida esa u Sterling bilan revansh jangini o’tkazishi kerak.

Pyotrning mag’lubiyati — tasodif: u hali ham divizionning lideri va hozircha kim u bilan raqobatlasha olishi aniq emas. Yan revansh jangida Sterlingni mag’lub etishga majbur, chunki barcha komponentlar bo’yicha u amerikalik jangchidan ustun. Pyotr “stoyka” va parterda kuchli — dastlabki jangda u etti bor teykdaun amalga oshirgan, kurashchi Aljemeyn esa bor yo’g’i bir marotaba bunga muvaffaq bo’lgan (shuningdek, Sterlingning 16 urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangan).

Ajablanarlisi, mag’lubiyatdan so’ng Yan UFCdagi yulduzlik maqomini yanada mustahkamladi. Taqiqlangan zarba bilan yakunlangan jang rus OAVlarini hayratga soldi: Pyotr titulidan ayrildi, lekin yangi muxlislarga ega bo’ldi. Okeanortida ham ko’pchilik endilikda Pyotrni qo’lllab-quvvatlayotgan edi, bundan tashqari uni UFCdagi eng yaxshi zarba beruvchilardan biri deb atashdi.

Agar hammasi reja bo’yicha ketsa, yani Pyotr Sterlingni mag’lub etsa, dominant chempionga aylanadi. Sibirlik jangchi hozirgacha top-5 reytingdagi jangchilardan Kori Sendxagen hamda Joze Aldoni mag’lub etib ulgurdi. Pyotrning keyingi raqibi katta ehtimol bilan — sobiq chempion Ti Jey Dillashou. U reytingda ikkinchi o’rinda va Pyotr anchadan buyon u bilan jang qilishni xohlaydi. 

Dillashou — UFC yulduzi. Yan u bilan jang qilib, pul ishlab olishni xohlaydi. Lekin doping tufayli diskvalifikaciyaga uchragan Ti Jey hozircha o’z darajasini namoyon eta olmayapti. Dillashou Kori Sendxagen bilan jangda unchalik yaxshi harakat qilmadi, u hakamlar qarori bilan g’alaba qozondi va ko’pchilik buni bahsli qaror deb hisobladi.

Engil vazndagi qolgan jangchilarga keladigan bo’lsak, ikki jangchini alohida takidlash mumkin: gruziyalik tajovuzkor kurashchi Merab Dvalishvili (reytingda 6-pog’onada) va istedodli SHon O’Melli (reytinda 12-o’rinda qayd etilgan). Biroq bu jangchilar titul uchun hali bir qancha g’alabalarni qo’lga kiritishlari kerak.

Dvalishvili — parterda mahorat bilan g’alaba qozonuvchi gruzin kurashchisi. Merab — teykdaunlar bo’yicha divizionda rekordchi, uning graund-end-paundi UFCdagi eng shafqatsizlaridan biri hisoblanadi. Gruzin promoushendagi 9 jangida jami 54 bor teykdaun amalga oshirgan va ketma-ket 7 bor g’alaba qozongan.

2020 yildagi taxminlarimizni ko'ring.

Ammo Dvalishvilining ham kuchsiz jihati bor: u juda oddiy zarbaga ega, o’tgan jangida uni faxriy Marlon Moraes nokautga uchratdi. SHuning uchun Pyotr “stoyka”ni afzal ko’radi, teykdaunlardan himoyalanish mahorati esa Merabning bosimini tushirishi kerak. Bu jang qiziydi, sababi Dvalishvili — Sterlingning yaqin do’sti va u Pyotrni inson sifatida yoqtirmasligini tan olgan.

O’Melliga keladigan bo’lsak, uning kelajagi istiqbolli deya qaralgan (garchi SHon 27 yosh bo’lsa-da), ammo u chempionlik darajasidagi jangchi emas.  Hozir O’Melli uchun eng muximi — yangi darajaga chiqib, reyting jangchilari bilan kurashishni boshlashdir. Uzoq vaqt davomida UFC SHonni qulay raqiblar bilan uchrashtirdi, shu sabab ko’pchilik shov-shuvli jangchiga ishonmay qo’ydi. SHon — katta istedod egasi, ammo hozir u faoliyatining hal qiluchi pallasida. Amerikalik jangchi top-15dan o’rin olgan, u katta janglarda qatnashishga tayyor.

Umuman olganda, bularning barchasi — faqatgina taxmin. Avval ham biz Yanning divizionda ustunlik qilishini taxmin qilgan edik, ammo u kamarni boy berdi. Endi hammasi Pyotrning o’z qo’lida, agar u o’zini maksimum darajada ko’rsata olsa, chempionlikka erishadi.

Dog’istonliklar — yaqin yillardagi asosiy umid: ular uch divizionda titul qo’lga kiritishi mumkin, dastlabki kamarni Xabibning do’sti qo’lga kiritishi ehtimoli katta

Engil vazn: Islam Maxachev

Titulga maksimal yaqin kelayotgan ikkinchi rossiyalik — bu Islam Maxachev. Xabibning eng yaqin do’sti va engil vazndagi merosxo’ri divizionda “uchayotgandek” tuyulmoqda. Maxachev Xabib uslubida jang qiladi, ajoyib kurash olib boradi va raqiblariga imkon qoldirmaydi. Islam UFCda tarixiy rekord o’rnatib ulgurdi — u 12 jangda daqiqasiga atigi 0,84 zarba o’tkazib yuborgan. Boshqa ko’plab ko’rsatkichlarga ko’ra, Maxachev hatto Xabibdanda kuchliroq, u UFCda ketma-ket 10 marotaba g’alaba qozondi.

Islamdagi asosiy muammo — uning hali ham yuqori darajadagi jangchilar bilan to’qnash kelmayotganidir. So’nggi marotaba u Bobbi Grin va Den Xuker bilan jang qildi. Bu jangchilar Islamni sinash uchun imkon bermaydi. Aslida Maxachev Rafael Dos Anos va Beneil Dariush bilan jang qilishi kerak edi, ammo ularning ikkisi ham jarohatga yo’liqdi. Agar Maxachev ularni mag’lub etganida, kamar uchun jang qilishiga ishonsa bo’lar edi. Lekin Dana Uayt Islam so’nggi tekshiruvdan o’tishi kerak deb hisoblaydi, Maxachev esa Dariush jarohatidan forig’ bo’lganidan so’ng u bilan jang qilishini aytgan.

2020 yildagi taxminlarimizni ko'ring.

Bu g’alabadan so’ng Maxachev Oliveyra-Getji jangi g’olibi bilan chempionlik kamari uchun kurash olib boradi, bu deyarli aniq. SHubhasiz, Islam Getjini mag’lub etgani afzal, u Xabibga qarshi parterda hech narsa qila olmagan — bu scenariy Maxachevga qarshi jangda ham katta ehtimol bilan saqlanib qoladi. Oliveyrani mag’lubiyatga uchratish muammo bo’lishi mumkin: CHarlz kurash borasida Maxachevga “yo’l berar”, ammo uning jiu-jitsu bo’yicha ko’nikmalari muammo tug’dirishi mumkin.

MMA kurashchilari nazoratni, shafqatsiz graund-end-paundni hamda oddiy usullarni yoqtirishadi. Biroq tajribali jiu-jitsu ustasi kurashchiga tahdid qilishi, sabmishenga kirishi va hatto orqa tomondan xavf tug’dirishi mumkin. Oliveyra aynan shunday turdagi jangchi — teykdaun qilish uchun borayotganda qanday qilib kurash ustasi Kevin Lini bo’g’ganini qarang!

Oliveyra — UFCdagi eng xavfli jiu-jitsu ustalaridan biri. Sabmishnlar evaziga g’alaba qozonish bo’yicha promoushen rekordi unga tegishli (umumiy 15 marta). Bu muxlislar CHarlz Xabibni mag’lub etadi deb hisoblashlariga asos bo’lgan edi. Biroq, Oliveyraning xavfliligini oshirib yubordik: uning o’zi ham sabmishenlar tufayli mag’lub bo’lgan, CHendler va Porega qarshi janglarda, birinchi raundda nokdaunga uchragan. Albatta, Maxachev titul uchun Getji bilan jang qilgani afzal, lekin Oliveyra bilan jangda ham Islam ustunlikka, braziliyalik jangchining tuzog’iga tushmasdan o’z rejasini amalga oshirishga majbur.

Ancha avval Maxachevni engil vaznda Xabibning vorisi bo’lishi mumkin deb taxmin qilgandik. O’sha paytda biz uni hali “xom” degandik, lekin u yuqori darajadagi jangchilarni ham “buzishga” tayyor ekanligiga ishonardik. Maxachev 2020 yilda top-10ga ham kira olmagan bo’lsa-da, ikki yil ichida to’rt marta muddatidan oldin g’alaba qozondi va uchinchi o’ringa ko’tarilib oldi.

Yarimog’ir vazn toifasi: Magomed Ankalaev

Ankalaev — yarimog’ir vazn toifasida reytingning 6-pog’onasida joylashgan dog’istonlik nokautchi. Magomed chempionlik kamariga Yan yoki Maxachevdek yaqin emas. Lekin u yaqindagina tajribali Tiago Santos bilan jang qildi — u reytingning 5-pog’onasidan o’rin olgan.

Glover Teysheyra yozda chexiyalik “shov-shuvli” jangchi — Irji Proxazkaga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi. Yan Blaxovich — 2021 yil oktyabrida o’z titulini boy bergan, qaytishni istayapti, u haqida unutmang. Aleksandr Rakich — reytingda 3-o’rinda qayd etilgan avstriyalik jangchi. SHunday ekan, Ankalaev chempion bo’lishiga kafolat yo’q. Ehtimol, Magomed yana g’alaba qozonishi kerakdir.

Ankalaev — universal jangchi: ko’p dog’istonliklardan farq qiladi, yani “stoyka”da jang olib boradi, garchi parterda tajribasi katta bo’lsa-da. Biroq, Magomed tavakkal qilishni yoqtirmaydi, raqibi xavfliligini sezsa, kurashga o’tadi.

2020 yildagi taxminlarimizni ko'ring.

Biroq, yarimog’ir vazn toifasida bu asosiy ustunlikka aylanishi dargumon, chunki u erda qanday kurashishni deyarli hamma biladi. Glover Teysheyra — tajribali greppler, Yan Blaxovich yomon kurashmaydi, Irji Proxazka esa yaxshi zarbaga ega bo’lsa-da, jismoniy kuch tomonlama o’zini himoya qila olishi mumkin. Ankalaev esa “bokschi” — divizion standartlariga ko’ra juda yaxshi, u o’zini yuqori jangovar IQ va tezkor qo’llarga ega bo’lgan ehtiyotkor hujumchi sifatida ko’rsatmoqda.

Ankalaev UFCda atigi bir bor mag’lub bo’lgan va ushbu mag’lubiyat ham hali noaniq bo’lib turibdi. Magomed o’zidan yorqin taassurot qoldirayotgan navbatdagi dog’istonlikka aylandi, ammo u debyut jangida sustkashlikka yo’l qo’ygan. Pol Kreygni uch raund davomida mag’lub etgan, ammo jang yakuniga sekundlar qolganida, u uchburchak bo’g’ish usuli tufayli mag’lub bo’lgan. Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedovni ham yoddan chiqarmasligimiz zarur — u taslim bo’lishdan ko’ra, bo’g’ilib uxlab qolishni afzal deb bilgan.

2020 yilda biz Ankalaevni titulga davogar deb bilmaganmiz. O’shanda u Ion Kutselaba ustidan bahsli g’alabaga erishgandi (moldaviyalik qiyshayib, o’zini yiqitgandek ko’rsatganida, hakam jangni to’xtatgan). SHundan so’ng ko’p narsa o’zgardi: revansh jangida Ankalaev Kutselabni nokautga uchratdi, Nikita Krilov va Volkan Ozdemir ustidan ishonchli g’alabaga erishdi. Ammo bu titulga davo qiladigan darajadagi janglar emas edi.

Ko’rinishidan, Ankalaev 38 yoshli Tiago Santosga qaraganda texnik va tezkor zarbaga ega. Brazliliyalik jangchi o’z cho’qqisida emas, Jon Jonsga chempionlik jangida mag’lub bo’lganidan keyin uning janglari beqaror bo’lib qoldi: uch jangdan ikkitasida mag’lub bo’ldi. Bundan tashqari, rus jangchisi parterda ham yaxshi harakat qiladi — universializm Magomedga g’alaba keltirishi kerak. SHunday bo’ldi ham: Magomed Tiago Santos ustidan ishonchli g’alabaga erishdi.

Eng engil vazn toifasi: Askar Askarov

Askarov — fenomen jangchi: dog’istonlik jangchining yoshligida eshitish bilan muammolari bo’lgan, 2017 yilda esa u surdlimpya o’yinlari chempioniga aylangan. Askar hali MMAda mag’lub bo’lmagan: u 14 bor g’alaba qozongan, ACB chempionligini qo’lga kiritgan, 2019 yildan buyon UFCda jang qilib kelmoqda. Askarov AQSHda ketma-ket 3 bor g’alaba qozondi va reytingda ikkinchi pog’onaga ko’tarildi.

SHunday bo’lsa-da u UFCdagi debyut jangida g’alabaga erisha olmadi: Askarov sobiq chempion Brendon Moreno bilan jang qilib, uni “o’limga duchor etdi” (meksikalik jangchi yanvar oyida kamarini boy berdi), ammo hakamlar jang natijasini durang deb elon qilishdi. 2020 yil yanvar oyida Askar Tim Elliot bilan, keyinroq esa Aleshandre Pantoe va Jozef Benavides bilan  jang qildi.

2020 yildagi taxminlarimizni ko'ring.

Askarov — universal jangchi, garchi uning “koziri” parter bo’lsa-da. Dog’istonlik jangchida titul jangida qatnashish uchun ajoyib imkoniyat bor: engil vazndagi yigitlar UFCdagi eng kuchsizlari sanaladi, ularda unchalik kuchli raqobat bo’lmaydi (jahonda 57 kggacha bo’lgan vaznda jangchilar ko’p emas). Askarov o’z mahoratini Brendon Moreno bilan jangda ko’rsatib ulgurgan. Mart oyida u yangi zelandiyalik Kay Kar-Franc bilan jang qiladi — va ehtimol, shundan so’ng titul uchun jang qilish imkoniyatini qo’lga kiritar.

Aytganimizdek, divizionda raqobat yuqori darajada emas, shu sabab Brendon Moreno va Devison Figeredo uchinchi bor jang qilishdi. SHu bilan birga to’rtinchi jang kutilyapti, chunki titul uchun boshqa nomzodlar yo’q. Biroq hozircha Figeredo Moreno bilan revansh jangidan bosh tortib, jang uchun million dollar talab qilmoqda. Agar promoushen Moreno-Figeredo revansh jangini tashkillashtira olmasa, Askarovda titul uchun jang qilish imkoni tug’ilishi mumkin.

Katta umidsizliklar: Zabit va Volkovdan chempionlik kutilgandi. Ammo ular umidlarni oqlay olmadi — ular titulgacha etib borishlari dargumon

Og’ir vazn toifasi: Aleksandr Volkov

Fyodor Emelyanenko davridan buyon og’ir vaznda xalqaro darajadagi rus jangchisi yo’q edi. Ha, turli vaqtlarda, Sergey Xaritonov, Vitaliy Minakov, hozirda esa Valentin Moldavskiy (Fyodorning shogirdi Rayan Beyderga qarshi titul jangini boy bergan) Bellatorda yaxshi harakat qilyapti. UFCda Aleksey Oleynik yaxshi ishtirok etyapti, bundan tashqari, AMC Fights Nights sobiq chempioni Sergey Pavlovichdan umid qilishdi, u debyut jangida Alistar Overimdan nokautga uchragan.

So’nggi yillarda og’ir vazn toifasida rossiyaliklardan Aleksandr Volkov yaxshi ishtirok etmoqda. Uning deyarli butun faoliyati tanqid qilingan — balki noqulay yuzi uchundir, (biroq u keyinchalik yuqori darajada mashg’ulot olib borib, “mashina”ga aylandi) keyin esa u kuchli zarbasi yo’qligi uchun tanqid qilingan. Hozirda Volkov reytingning 6-pog’onasidan o’rin olgan. Bir vaqtlar Volkovning Frensis Ngannu bilan jang qilishi haqida eshitgandik, biroq Ngannu bunga tahdidli tarzda munosabat bildirgan.

“Yaxshi ish, Volkov. Endi sen katta janglarda qatnashasan. Ehtiyot bo’l, sirg’anib ketma”, – deb yozgan Ngannu Volkov Overimni mag’lub etganidan so’ng.

Lekin Volkov umidlarni oqlay olmadi: u kamar uchun jangga ikki bor yaqin keldi, biroq har ikkisida ham qoqildi. Ilk jangda Volkov Derrik Lyuisni mag’lub etayotgan edi, biroq jangning so’nggi soniyalarida Lyuis uni nokautga uchratadi. Ikkinchi jangda Volkovga Siril Gan raqiblik qildi, Volkov bu jangda ham rejasidagidek harakat qila olmadi.

Volkovning o’rtacha darajadagi jangchilarni qulatadigan zarbasi Ganga qarshi ishlamadi. Siril — ehtimol, UFCdagi eng tezkor og’ir vaznlidir. Frensis Ngannu bilan chempionlik jangining ilk raundida u yaxshi harakatlandi, zarbalardan qochdi, Frensis uni faqatgina kurash evaziga mag’lub etdi.

2020 yildagi taxminlarimizni ko'ring.

Volkov Gan bilan jangda barcha raundlarni boy bergan (faqatgina bir hakam ilk raundni uning hisobiga hal qilgan). Jangning katta qismida Volkov pressing qilishga, klinchga kirishga urinmadi, Ganni teykdaun orqali engish imkonidan foydalanmadi (biroq Gan muaytay ustasi — u klinchdan yaxshi foydalangan bo’lar edi).

Hozirda Volkov yuqori pog’onalarda: u Lyuis, Rozenstrayk darajasidagi jangchilarni mag’lub etishi mumkin, lekin Bleyds yoki Gan bilan qayta jang qilib, ularni mag’lub eta olmaydi. Ehtimol, Volkov UFC darvozaboniga aylanar: u o’rta darajadagi Marchin Tibur bilan jang qildi (unchalik yorqin g’alaba bo’lmadi). 19 mart sanasida u Tom Aspinall bilan jang qilishi kutilyapti.

Yarimengil vazn toifasi: Zabit Magomedsharipov

Zabit Magomedsharipovga keladigan bo’lsak, dog’istonlik jangchi ajoyib uslubga egaligini ko’rsata oldi, muxlislarning kumiriga aylandi, biroq avjiga chiqqan paytida jangni tark etdi. Hozirda Zabit reytingga kiritilmagan, eshitimizcha, aralash jang sanatlaridan “sovib qolgan”. Jangchi uzoq vaqt davomida jarohatdan aziyat chekdi, shundan so’ng u vaqtini biznesga sarfladi. Zabit Bellatorda ishtirok etuvchi 21 yoshli ukasi Xasanni qo’llab-quvvatlamoqda, uning UFCga qaytishi dargumon.

Biroq, Zabitning chempionlik ambiciyasi har doim bahsli bo’lib kelgan. Ajoyib usul rossiyalik jangchining tez charchashiga olib keldi, u uchinchi raundda zo’rg’a oyoqda turardi. Zabit erta g’alaba qozonuvchi jangchi edi, shu sabab u besh raunddan iborat chempionlik janglariga tayyor emas edi.

2020 yildagi taxminlarimizni ko'ring.

Yarimengil vazn toifasining yuqori darajadagi jangchilari — haqiqiy mashinalar: Aleks Volkanovski, Maks Xollouey, Brayan Ortega yoki Yair Rodriges — bu besh raund davomida chiroyli jang olib boradigan jangchilar. Agar Zabit o’z uslubini o’zgartirmasa, unga qiyin bo’ladi. SHu bilan birga, Zabit uslubini o’zgartirishiga shubha bor, ammo buni ko’rish qiziq bo’lar edi.

Xorijiy sayt asosida Diyor Mavlonov tayyorladi

Fikr bildirish