O’zbekiston kubogi. Finallar Toshkentdan chekinmoqda yoxud Buxoro uchun debyut
Teglar : BuxoroO’zbekiston kubogi
Yaqinda O’zbekiston kubogining saralash va guruh bosqichi va final bo’lib o’tadigan stadionga qura tashlandi.
Unga ko’ra joriy yilgi mamlakat kubogi finali Buxoro shahri mezbonlik qiladi. Quyida bir qator faktlar bilan bu borada to’liq malumot olishingiz mumkin.
1. Buxoro o’z tarixida ilk bor O’zbekiston kubogi finalini qabul qiladi.
2. Bu borada u ettinchi shahar bo’ldi. Hozirgacha Samarqand, Namangan, Olmaliq, Farg’ona, Jizzax, Toshkentda turnirning so’nggi hal qiluvchi o’yinlari bo’lib o’tgan.
3. Ketma-ket uchinchi yil final viloyat arenalariga berilmoqda. Bunday holat ilk bor 2014, 2015, 2016 yilda kuzatilgan. O’shanda Olmaliq, Jizzax, Samarqand stadionlari navbati bilan final o’yinini o’ziga olgan.
4. Toshkent O’zbekiston kubogi finaliga eng ko’p mezbonlik qilgan, 22 marotaba. Viloyatlar kesimida Samarqand rekordchi 3 bor.
5. Jamoalar ushbu mavsumda 30 O’zbekiston kubogida qatnashishadi.
6. "Paxtakor" bosh sovringa ega chiqish bo’yicha rekordchi hisoblanadi. Klub 13 bor kubokni boshi uzra baland ko’targan. Keyingi o’rinlarda, "Bunyodkor" 4, "Navbahor" 3, "Lokomotiv" 3, "Neftchi" 2, "Nasaf" 2, AGMK 1, "Do’stlik" 1.