Sayyoramizning beshinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko ikkinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 70-pog’onadan joy olib turgan ruminiyalik Irina-Kameli Beguga 4/6, 4/6 hisobida yutqazib qo’ydi.
Uchrashuv 101 daqiqa davom etdi va unda belaruslik 23 yoshli Sobolenko 6 ta, 31 yashar Begu esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi Irina Miami Open turnirining uchinchi davrasida yana bir belaruslik tennischi Aleksandra Sosnovichga qarshi kortga chiqadi.