Futbol

Alamlar, ko’z yoshlar, qalbdan chiqayotgan hissiyotlar. Bularning bari tunda Italiya futbolchilarini qo’rshab olgandi.

179



Alamlar, ko'z yoshlar, qalbdan chiqayotgan hissiyotlar. Bularning bari tunda Italiya futbolchilarini qo'rshab olgandi.

Qotil…

Teglar : 
SHimoliy MakedoniyaAleksandar Traykovski
Alamlar, ko’z yoshlar, qalbdan chiqayotgan hissiyotlar. Bularning bari tunda Italiya futbolchilarini qo’rshab olgandi.

Italiya kutilmaganda Jahon chempionati sari yurishini SHimoliy Makedoniyaga qarshi o’yinda to’xtatgani hammaga malum. Kim ham o’ylagan deysiz. CHunki bir yil avval Evropada tengsizligini isbotlagan jamoa mundialga chiqa olmaganiga kim aybdor? Biz buni bildik, siz ham bildingiz. Butun dunyo ko’rdi. Ha, bu o’sha Aleksandr Traykovski. Demak bugun "neradzurri"larni jarga uloqtirgan futbolchi haqida gaplashamiz. 

"CHelsi"da o’rnini topa olmagan bolakay

Qahramonimiz 1992 yil 5 sentyabr kuni injiner va shifokor oilasida dunyoga kelgan. Traykovski 1955 yilda tashkil topgan tarixiy jamoa "Cementarnica" tarbiyalanuvchisidir.  U aynan shu klubda katta futbolga qadam qo’ygan. 2009 yilda mazkur klub safida chempionatda debyut qilgan bolakay bir mavsum o’tib "CHelsi" skautlari nazariga tushadi. 2010 yilning may oyida Londonga ko’rikka kelgan bo’lajak to’p tepar o’zini ko’rsatishga harakat qilardi, deya olamiz. Garchi ko’rikda bo’lsada, 19 yoshlilar o’rtasida tashkil qilingan Amsterdam kubogida "Botafogo" darvozasini ishg’ol qilib jamoasini yarim finalga olib chiqishga muvaffaq bo’ldi. Ammo uning "aristokratlar" safidagi qololmasligi kun sayin aniqligi bois o’ziga boshqa jamoa izlashga kirishdi. Xorvatiyaning "Inter" (Zapreshich) klubidagi bir mavsumlik faoliyatidan so’ng 500 ming evroga Belgiyaning "Zyulte-Varegem" klubiga yo’l olgan Traykovski nihoyat barqarorlikka erishdi, deb o’ylaymiz.

Alamlar, ko'z yoshlar, qalbdan chiqayotgan hissiyotlar. Bularning bari tunda Italiya futbolchilarini qo'rshab olgandi.

Onasi – Snejana injiner, texnolog. Otasi – Miroslav shifokor. Turmusho’rtog’i –  Sandra. O’g’li –  Matey Traykovski.

Alamlar, ko'z yoshlar, qalbdan chiqayotgan hissiyotlar. Bularning bari tunda Italiya futbolchilarini qo'rshab olgandi.

Uning daromadi haftasiga 5,5 ming funt stertling, yiliga 286 ming funt sterling.

Yulduzlik onlari

2015-2019 yillarda Italiyaning "Palermo" safida to’p tepgan Traykovski o’zining yulduzli onlarini boshidan kechirdi. U klubi safida 108ta uchrashuvda ishtirok etib 16ta gol urishga erishish bilan birga jamoasining ajralmas azosiga aylandi, deya olamiz. 2019 yil jiddiy moliyaviy muammolar tufayli klubni tark etdi. Keyinchalik "Malorka", "Olborg" jamoalarida o’ynadi. Hozirda Saudiya Arabistoni birinchi ligasi vakili "Al Feyxa" klubi azosi. 

Alamlar, ko'z yoshlar, qalbdan chiqayotgan hissiyotlar. Bularning bari tunda Italiya futbolchilarini qo'rshab olgandi.

Transfermarkt bugungi kunda Traykovskining narixini 350 ming evro sifatida baholagan.

 

Terma jamoa

Qahramonimiz SHimoliy Makedoniya terma jamoasidagi debyutini 2011 yilning 10 avgustida "Ozarbayjon"ga qarshi o’yinda nishonlagan. Ikki yil 4 oydan so’ng Bolgariya bilan o’yinda debyut golini urgan. Umuman shu kungacha terma jamoa libosida 80ga yaqin o’yin o’tkazib, 20dan oshiq to’p kiritdi. 

Alamlar, ko'z yoshlar, qalbdan chiqayotgan hissiyotlar. Bularning bari tunda Italiya futbolchilarini qo'rshab olgandi.

Qotil 

SHimoliy Makedoniya Italiya bilan Evro-2020 saralashida ham ro’baro’ kelgandi. O’shanda apenninliklarga jiddiy qarshilik ko’rsatgan holda birinchi o’yinda 2:3 hisobida mag’lubiyatga uchragan, javob uchrashuvida 1:1 hisobida durang qayd etilgan. Qizig’i o’shanda ham Italiyani tayyor g’alabadan u mahrum qilgani yodimizda. Traykovski esa barchasi uchun bittada qasos oldi. Qisqa qilib aytganda u Italiyaning "qotili".

Alamlar, ko'z yoshlar, qalbdan chiqayotgan hissiyotlar. Bularning bari tunda Italiya futbolchilarini qo'rshab olgandi.
			Muallif : Iskandarov Abdulaziz

Fikr bildirish