Avvalroq, «Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiylikka nomzodlar bilan suhbat o‘tkazmoqchiligi haqida xabar qilingandi. Ta’kidlanishicha, «Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag suhbat davomida «Manchester Yunayted» rahbariyatini hayratda qoldirdi, deb yozmoqda The Times.
Manbaga ko‘ra, ten Xag «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lish uchun favorit hisoblanadi.
Qayd etilishicha, mankunianliklar rahbariyati navbatdagi bosh murabbiydan jamoa o‘yiniga o‘ziga xosligini berishini istamoqda, bu esa 52 yoshli gollandga boshqa nomzodlardan ustunlik beradi.
Eslatib o‘tamiz, ingliz klubi shuningdek, «PSJ»dan Maurisio Pochettino, «Sevilya»dan Xulen Lopetegi va Ispaniya terma jamoasidan Luis Enrikeni ham tayinlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.