“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining harakatlaridan norozi. Gap shundaki, prezident mavsum boshlanishidan oldin murabbiydan Azar va Beylni tarkibdan chiqarib tashlashni va ularni transferga qo‘yishni talab qilgan, italiyalik murabbiy klubga hali ham futbolchilar kerak bo‘ladi deb o‘ylab, bunga rozi bo‘lmagan.
Azar va Beyl bu mavsumda zaxira o‘yinchilari bo‘lib, La Ligada birgalikda atigi 106 daqiqa o‘tkazishdi. belgiyalik futbolchi yaqinda to‘pig‘idan jarohat oldi, bu esa uni mavsumning qolgan barcha o‘yinlarini o‘tkazib yuborishga majbur qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Beylning “Real” bilan shartnomasi shu yilning yozida tugaydi. Ingliz manbalarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, uyelslik futbolchi yana “Tottenxem”ga qaytishi mumkin.