Tennis

Miami Open. 18 yoshli Goffning yurishi davom etadi

178

Dunyoning 17-raqamli tennis malikasi bo’lib turgan Kori Goff turnirning to’rtinchi davrasiga yo’l oldi. Amerikalik 18 yoshli Goff uchinchi bosqich uchrashuvida WTA reytingining 43-pog’onasidan joy olgan xitoylik CHjan SHuayni 7/6(1), 7/5 hisobida mag’lub etdi. 

Bir soatu 51 daqiqa davom etgan uchrashuvda Goff 5 ta eys, 5ta breyk-poyntni amalga oshirdi va 3 ta qo’shxatoga yo’l qo’ydi. 33 yoshli SHuay esa 4 ta breykka ega bo’ldi, lekin eys zarbani ijro eta olmadi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. 

Fikr bildirish