Futbol

Ertaga O’zbekiston o’zi uchun notanishroq bo’lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

192



Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

3–3

Teglar : 
Navruz Cup-2022O’zbekistonUganda
Ertaga O’zbekiston o’zi uchun notanishroq bo’lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Finaldagi raqib haqida internetdan topilgan malumotlaru, Tojikistonga qarshi bahsi orqali malum tushunchaga ega bo’ldik. Mana shu oxirgi bahs ham bo’lajak raqibning o’yini haqida tasavvur hosil qildi. Keling, Ugandaning uchtadan kuchli hamda zaif tomonlarini tahlil qilishga urinib ko’ramiz.

+ Jamoa bosh bilan yaxshi o’ynaydi

Uganda futbolchilarining ko’pchiligi mirzaterak qomatli ekanligini guvohi bo’lgan bo’lsangiz kerak. Birgina jamoa himoyachisi Befis Mugabining bo’yi 1.88 m ko’rsatkichni qayd etgan. Afrikalik futbolchilarning goli ham aynan standart vaziyatdan so’ng bosh bilan kiritildi. 

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

SHu kabi standart vaziyatlarda va umuman havodan uzatiladigan to’plarda futbolchilarimizdan Ronaldu bo’lish talab etiladi. 

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

— Ikkinchi qavat

Kulgili tuyulishi mumkin, lekin jamoaning plyusi bilan bir qatorda kamchiliklari ham ikkinchi qavatda ekanligi nisbatan sezildi. Yani, nisbatan bo’ydor bo’lmagan Tojikiston futbolchilar bosh bilan hatto gol urishga erishdi (inobatga olinmadi), shuningdek, ayrim vaziyatlarda ustun kelishdi ham. Biroq ikkinchi qavatga tayanib, o’yin uslubi olib bormagan maqul.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

+ Tezlik

Uganda havoda ustunlikdan tashqari tezlikka asoslangan o’yin tashkil qildi. Himoyachilar uzatmalar orqali hujumchilarni oldinga boshlashdi. Bir necha xavfli vaziyatlar ham shunday uslubda tashkil etildi, biroq afrikaliklar ushbu imkoniyatlarni ko’kka sovurdi. O’zbekiston terma jamoasi himoyachilari Qirg’iz Respublikasidan hujumchisidan aynan tezlikda ortda qolib, "tarsaki" qabul qilishgandi. 

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

— Taktika

Ugandaliklar ikkinchi qavatda parvoz qilishi, oldinga Bolt singari yugurishi mumkin, biroq serb murabbiyining shogirdlari taktik jihatdan ancha oqsashini ko’rdik. Aksincha, qo’shnilarimiz qisqa paslar hamda taktik ishlanmalar orqali xavfli vaziyatlar tashkil etishda raqiblaridan aslo qolishmadi. Faqatgina tajriba etishmasligi ularga pand berdi. 

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Uganda futbolchilari o’yinni asosan, markaz orqali tashkillashtirdi. Qanotlar unchalik faol ishlamadi, qanot futbolchilari ham markazga jipslashgan holda harakat qilishdi. Buni anglagan tojikistonliklar bir necha bor qanotlardan yurish qildi.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

+ Uzoq masofadan zarba

O’yin davomida ugandalik futbolchilarning bir necha bor uzoq masofadan kuchli zarba yo’llaganining guvohi bo’ldik. Tojikiston darvozaboni ularni qaytarishda peshonasidan shoda-shoda marvaridlar oqizgan bo’lsa, ajabmas. Har holda, bu jihat ham ularning ustun tomonlaridan biri sanaladi. O’zbekiston darvozabonlari uzoq masofadan yo’llangan to’plardan yaxshigina aziyat chekishgan. Nima bo’lgan taqdirda ham, ehtiyotkorliklikni qo’ldan chiqarmaslik hamda oyog’ini tagiga yotib olib bo’lsa-da, zarba berishga imkon boricha yo’l qo’ymaslik darkor. 

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

— Pressing

Yarim finaldagi qarama-qarshilik osuda davom etayotgan, Tojikistonning unchalik yuqori bo’lmagan bosimi natijasida Uganda darvozaboni hazillashmoqchi bo’ldimi yo xayol surib qoldimi, ishqilib, bir necha lahzalardan so’ng boshini changallashga majbur bo’ldi. O’yin davomida ham qo’shnilarimizning pressingi oqibatida afrikalik futbolchilar bir necha bor to’pni yo oldirib qo’yishdi, yo o’yindan zerikib qolgan tomoshabinlar sari "poselka" qilib yuborishdi. Biroq tili osilib qolsa ham yugurishdan tinmaydigan afrikaliklarning qarshi hujumiga qarshi muhofazalanish va faol bosim uyushtirish zarar qilmaydi, menimcha.

Ertaga O'zbekiston o'zi uchun notanishroq bo'lgan Ugandaga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu o’yinni O’zbekiston murabbiylar shtabi ham mendan bir necha chandon mukammalroq o’rganib chiqishgan deb o’ylayman. O’ylaymanki, ertaga onamizdan qolgan toshoynani qidirib qolmaymiz.

Oqil Abdubarnoev

Fikr bildirish