Zverev musobaqaning chorak finaliga yo’l olib, 170 ochkoga ega bo’ldi. SHu tariqa, mag’lubiyatga uchragan taqdirda ham u musobaqa yakunida 7195 ochkoga ega bo’ladi va Nadaldan o’tib ketadi. Qovurg’asi singanligi sababli turnirni o’tkazib yuborgan ispaniyalik tennischining hisobida esa 7115 ochko bor.